So’nggi yangiliklar

15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  1 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7

Samvel Babayan: Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi Yangiliklar

Samvel Babayan: Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi

Osiyo mintaqasidan JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o'rin olgan Eron – O'zbekiston (2:0) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida Samvel Babayan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Birinchi navbatda Eron terma jamoasini Rossiya bo'lib o'tadigan JCH–2018 turniriga chiqqani bilan tabriklayman. Ular haqli ravishda mundial yo'llanmasini qo'lga kiritganini tan olish kerak. O'zbekistonda JCH yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun hamon imkoniyat saqlanib qoldi.

Mazkur o'yinga tayyorgarlik ko'rish jarayonida ko'plab yo'qotishlarga duch keldik va bugungi o'yin boshida yo'qotishlar yana bittaga ko'paydi. Bu uchrashuvdagi rejamizga o'z tasirini o'tkazdi va kutilgan o'yinni ko'rsata olmadik. Stanislav Andreevning jarohat olib, maydonni tark etishi va majburiy o'zgartirish amalga oshirganimiz sababli o'ylangan rejaga ko'ra Server Jeparov bugun maydonga tusha olmadi.


Yuqorida takidlaganimdek, Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Qolgan ikki o'yinda sifatli o'yin ko'rsatib, bor kuchimizga ishga solgan holda g'alaba qozonishimiz va oldinga intilishimiz kerak”, – dedi Samvel Babayan.

Malumot uchun, 8-turdagi g'alabadan keyin Eron terma jamoasi ochkolari sonini 20 taga etkazib, muddatidan avval Rossiyadagi mundialga yo'llanma oldi. O'zbekiston 12 ochko bilan “A” guruhida uchinchi o'rinda boryapti.


Reyting: -293   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика