So’nggi yangiliklar

12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  8 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  7 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15

Samvel Babayan: "Himoya chizig'imizni kuchaytirishimiz lozim" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Himoya chizig'imizni kuchaytirishimiz lozim"

"Paxtakor" menejeri Samvel Babayan "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Eng avvalo, ushbu o'yin muhim hisoblanadi. Jamoalar qanday o'rinlarda bo'lmasin, bu muhim o'yin bo'ladi. Muxlislar ko'payganidan xursandmiz. 

O'yinga keladigan bo'lsak, tablodagi hisob barchasini aytib turibdi. Zuhurov bekorga "Bunyodkor"ning eng yaxshi futbolchisi emasligini isbotladi.

"Bunyodkor" jiddiy raqib. U erda kuchli futbolchilar yig'ilgan. Bugungi jamoalar OCHL saviyasidagi jamoalar edi. Himoyamiz borasida ish olib boramiz. Bu chiziqni kuchaytirishimiz lozim. 

Sergeev yana bir bora kuchli futbolchi ekanligini isbotladi. Qolganlarga keladigan bo'lsak, hech kimni ajratib o'tirmoqchi emasman. 

Oraxovac? Yana aytaman, himoyamizga yangi kuchlar kerak. Bugungi Adnan va yanvardagi Adnan umuman boshqa boshqa futbolchilar. Bazi vaziyatlarda u xatto qutqarib ham qoldi. 

Soliev tayyormidi? Vaziyatga qarab uni maydonga tushirdik. Oldinga borishimiz shart edi. Anvarning tajribasini hisobga olib uni o'yinga qo'ydik.

Iskanderovsiz o'ynashga ko'nikib qoldik. Uning o'rni albatta bilinadi. Yaqin orada u qaytishi kerak. U mashg'ulotlarni boshladi. Yaqin orada u tayyor bo'ladi.

Tojiev, Iskanderov, Sohibov, Boltaboev kabi futbolchilarning safga qaytishini o'zmiz ham kutyapmiz. o'ylaymanki, yaqin orada, birinchi davra yakunigacha ular qaytishadi.

JCHdagi yigitlarga omad tilayman. Ularda yaxshi yigitlar yig'ilgan. Keling, ularga birgalikda omad tilaymiz", deya o'z fikrlariga yakun yasadi Babayan.


Aziz To'xtamurodov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика