So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   8 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  11 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  13 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  11 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   12 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

Samvel Babayan: "Haykal hozircha kerak emas" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Haykal hozircha kerak emas"

O'zbekiston - Qatar uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirdi.
Matbuot anjumani boshlandi.


- Avvalo haqiqiy muxlislarimizdan Suriyaga qarshi o'yindagi mag'lubiyat uchun uzr so'rayman. Ko'p xatolar qildik, qaysidir joyda men xato qildim. Hozirda g'alaba va yutuq o'rtasidagi farq juda kichik. O'sha o'yinda biz yutishimiz mumkin edi. Ammo so'nggi daqiqada penaltidan gol o'tkazib yubordik va mag'lub bo'ldik. Saralashdagi 7ta o'yining hech birida optimal tarkibni tushura olmayapman. Barcha narsa bizga qarshi bo'lmoqda. Kim terma jamoada o'ynashidan qatiy nazar maqsad sari intilamiz. Ertaga Vitaliy Denisov maydonga tushmaydi, - deydi Babayan. 

- Ertaga Qatar bilan o'yinda g'olib bo'lishga harakat qilamiz. Barcha muxlislardan kelib bizni qo'llab-quvvatlashlarini istayman, - deydi Bikmaev.

SHahboz Beg'amov:
- Siz terma jamoaga kelganda tarixdagi eng kuchli tarkib degandingiz. Ammo tarixdagi eng kuchli tarkibimiz Suriyaga yutqazdi... O'yindan keyin istefo haqida o'ylab ko'rmadingizmi?
- To'g'ri o'sha gapimni takrorlayman. Hozirgi tarkib eng kuchlisi. Ammo kimdir maydonga tusha olmasa bu katta yo'qotishga aylanmoqda. Suriya bilan o'yinda 3 nafar futbolchi maydonga tushmadi. Istefo va murabbiy sinonim so'zlar. Balki Qatarga qarshi o'yindan keyin ketarman, ammo hozir barcha fikru hayolim Qatarni yutishga qaratilgan.

- Islom To'xtaxo'jaev o'ynamaydi. Qatarni o'z uyimizda faqat yutganmiz. Yigitlar bunga tayyormi?

- Albatta To'xtaxo'jaev ham katta yo'qotish. Ammo uning o'rnini kimni tushirish haqida bosh qotirayapmiz. Ertaga kim maydonga tushishidan qatiy nazar faqat g'alabani ko'zlab tushadi.

Dmitriy Popov:
- Qatar haqida nima deya olasiz?

- Bu jamoa kuchli. Ularning Eronga qarshi bahsda juda yaxshi o'ynashdi va mag'lubiyatga haqli emasdilar.

Farrux Rasulov:
- Suriyaga qarshi o'yindan so'ng OAV va ijtimoiy tarmoqlar jamoani keskin tanqid qildi...Jamoa ertaga ruhan tayyor bo'ladimi?

- Bunday muxlislar faqat terma jamoaning mag'lubiyatlaridan keyin paydo bo'ladi. Ular terma jamoa yutganida qanchalik xafa bo'lishlarini ham bilaman. Bazi pessimistlar ishonmay qo'yishdi. Maqsadimiz olg'a intilish.

Bobomurod Abdulla:

- Terma jamoalar markazi xodimi ijtimoiy tarmoqda terma jamoalar bosh murabbiylari qiyin sharoitda ishlayotganini va ularga haykal qo'yish kerakligini yozdi. Siz qanday qiyin sharoitda ishlayapsiz?
- Men ijtimoiy tarmoqlarni kuzatmayman. Men faqat ishni o'ylayman. SHaroitlar noliydigan darajada emas, barchasi yaxshi. O'FF barchasini qilib bermoqda. Haykal haqida? Hozircha shartmas.


- Rashidov ertaga maydonga tushishi mumkinmi?

- Rashidov 23talik tarkibda bor. Ertaga tushishi mumkin.

Narzulla:
- Suriyaga qarshi o'yindan so'ng muxlislar juda ham xafa bo'lishdi va stadionga kelishni ham xohlashmayapti. Ertaga odatdagidan kamroq muxlislar kelsa jamoaga qanday tasir qiladi?

- Albatta muxlislar bizning asosiy kuchimiz. Ularga murojaatim ertaga kelib bizni qo'llab quvvatlashsin. Terma jamoa xalqniki. G'alaba qozonib ularni xursand qilishga urinamiz.

Marat Bikmaev: Men ham muxlislarga ertaga kelishlarini so'rayman. Ular bizga juda ham kerak.


Narzulla Saydullaev yozib oldi
Reyting: -306   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика