So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Samvel Babayan: "So'nggi vaqtlarda OKMK va "Navbahor" to'qnashuvi chempionatimiz bezagi bo'lib kelmoqda" Yangiliklar

Samvel Babayan: "So'nggi vaqtlarda OKMK va "Navbahor" to'qnashuvi chempionatimiz bezagi bo'lib kelmoqda"

Coca Cola Superligasining 5-turining markaziy bahsi – OKMK va "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- So'nggi vaqtlarda OKMK va "Navbahor" to'qnashuvi chempionatimiz bezagi bo'lib kelmoqda. Bugun g'alabani qo'ldan chiqardik deb o'ylayman. Hisobda oldinga chiqqanimizdan so'ng futbol o'ynamay qo'ydik va g'alabani qo'ldan chiqardik. Bugungi uchrashuv bizga dars bo'lishi kerak.

- Ko'p hakamlardan ogohlantirish olasiz, o'zbek hakamlariga qay darajada ishonasiz?

- Hakamlarni muhokama qilmayman. Bu oddiy emociyalar, o'yindan vaqtida paydo bo'ladi va keyin yo'qoladi.

- "Navbahor" ikki marotaba kuchli raqiblarga qarshi o'ynadi va ikki uchrashuvda ham mag'lub bo'ldi. Jamoada ruhiy tomonlama muammo bordek, bunga sabab jamoa o'zidan kuchsizroq raqiblarni oson mag'lub etayotganimi?

- Yaxshi savol bo'ldi. Avvalambor takidlab o'tishim kerakki, OKMK bilan bo'ladigan uchrashuvlar o'zimizning haqiqiy kuchimizni ko'rib olish uchun imkoniyat. Bugungi uchrashuvda ikki nafar asosiy o'yinchimiz Davron Hoshimov va Jasur Yaxshiboevlar jamoaga yordam bera olishmadi va ushbu holat ham jamoa o'yiniga tasirini o'tkazdi. Lekin bugun yangi o'yinchilarni sinab olishga imkoniyat bo'ldi, sifat etishmadi deb o'ylayman, xolos. O'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan jamoa bunday o'yinlarda birinchi daqiqadan boshlab, so'nggi soniyalargacha diqqatni jamlab o'ynashi kerak. O'yinimizni tahlil qilib chiqamiz.

Reyting: -46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика