So’nggi yangiliklar

22:56АПЛ. "Ноттингем Форест" - "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 22:53АПЛ. "Арсенал" - "Фулхэм". Таркиблар аниқ!  0 22:15Пролиганинг илк турида ишловчи расмийлар номи аниқ  2 21:50Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси U-17 Осиё кубогида неча марта иштирок этган?  1 21:21Cуперлига учинчи тур ўйинларида қандай ҳолатлар юз берди? Лига комиссари билдиргисидан кўчирма  6 20:58Суперлига. “Нефтчи” — “Навбаҳор” ва тўртинчи турнинг бошқа ўйинларида ишлайдиган расмийлар номи маълум  3 20:35Суперлига. "Қизилқум" – "Хоразм" учрашуви қолдирилди  4 20:14Суперлига. “Пахтакор” — “Машъал” учрашувида қайси ҳакамлар ишлайди?  0 19:35Анчелотти Эндрик нима учун кам ўйнаётганини тушунтирди  7 19:10Коло Муанининг келажаги сўроқ остида қолиб кетди  0 18:43Ўзбекистон кубоги. "Андижон ФА" ва "Навбаҳор ФА" гуруҳ босқичига чиқди   3 18:36МЮ "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 18:02"Ливерпуль" Исакнинг нархидан қўрқиб кетди  6 17:07Суперлига 4-турида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди  6 16:26Педри "Олтин тўп"ни ким ютиши кераклигини айтди  33

Samvel Babayan: "Gol ura olmayotganimiz – psixologik muammo. Men ushbu savolga hali javob topa olmadim" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Gol ura olmayotganimiz – psixologik muammo. Men ushbu savolga hali javob topa olmadim"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Navbahor" – OKMK uchrashuvidan so'ng, namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi va o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.


- O'yin haqida

- O'yin kurashlarga boy kechdi va hammaning etiborini tortdi. Bugun juda ko'p vaziyatlar yaratdik, lekin ulardan foydalana olmadik. Bir nechta o'yindan buyon shunday holat ro'y bermoqda. To'g'risini aytsam, yigitlarni nima sababdan tergashni bilmayman. To'p darvozaga kirmayapti.

- "Navbahor" bugun yana ochko yo'qotdi. "Paxtakor" o'rtasidagi ochkolar farqi 7 taga etdi. Joriy mavsum chempionlik poygasi yakunlandi deb hisoblasak bo'ladimi?

- Obektiv fikrlasak, 7 ochkolik farq ancha katta. Hozir biz "Paxtakor"ni quvib etish emas, keyingi uchrashuvlarga etibor qaratishimiz kerak. Har bir keyingi uchrashuvga yuz foiz tayyor bo'lish bizning asosiy vazifamiz. Yana bir bor takrorlayman, o'yin sifati bo'yicha hech kimdan qolishmaymiz. Jizzaxda bo'lib o'tgan so'nggi o'yinda tushunarsiz holat ro'y berdi. Himoyachimiz ketma-ket ikki marotaba yiqilib tushdi va o'sha vaziyatlardan so'ng ikkita gol o'tkazib yubordik. Barcha gap so'zlarni unutib, barcha etiborni o'yinimizga va ruhiy holatimizni yaxshilashga qaratamiz. CHempionat yakunida esa nechinchi o'rinni egallaganimizni bilib olamiz.

- "Navbahor" mavsumdagi asosiy vazifalaridan biri, yani chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqqanidan so'ng, qatorasiga ikki uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayapti. Ruhiy tayyorgarlikda muammo bormi? Futbolchilaringizning omadi kelmayotganining qandaydir sababi bormi?

- Klub uchun o'ta muhim bo'lgan uchrashuvlardan so'ng emocional charchoq bo'ladi. Biz Jizzaxda raqibni o'yin bo'yicha mag'lub etdik. 13 ta burchak zarbasi va juda ko'p xavfli vaziyatlar yaratdik. Sabab nimada deysizmi? Bunga sabab, biz yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmayapmiz. Futbolchilar bugun kuchli motivaciya bilan maydonga chiqishdi.

- Ikki turdan buyon futbolchilarda charchoq alomatlari sezilmoqda. Zaxira futbolchilarga imkon berish vaqti kelmadimi yoki zaxira futbolchilarining darajasi etarlicha emasmi?

- CHarchoq alomatlarini qaerda sezdingiz?

- "So'g'diyona"ga qarshi kechgan uchrashuvda 60-daqiqasidan so'ng jamoa umuman hujum tashkil qila olmadi...

- Biz ikkinchi taymda faqat hujum qildik. Agar jamoa charchab qolsa, himoyalanadi. Biz esa 95-daqiqada ham hujumda edik. Bu sizning fikringiz, men fikringizga qo'shilmayman. "Rotaciya" qilish masalasiga keladigan bo'lsak, bugun futbolchilarga imkon berdik va ular o'yinni kuchaytirishdi. Yaxshiboev o'z vaziyatidan foydalana olganida, o'yin boshqacha yakun topar edi. Ostonda ham kamida beshta vaziyat bo'ldi, naqd beshta. Gol ura olmayotganimiz – psixologik muammo. Men ushbu savolga hali javob topa olmadim

Reyting: -63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика