So’nggi yangiliklar

22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4

Samvel Babayan: "G'alabani muxlislarimizga bag'ishlaymiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "G'alabani muxlislarimizga bag'ishlaymiz"

"Paxtakor" - "Buxoro" uchrashuvidan keyin klub menejeri chempionlik o'yini va mavsum to'g'risida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Samvel BABAYAN ("Paxtakor" menejeri): - Ikkinchi bo'lim boshida yigitlarda ozgina xotirjamlik sezildi va ularga avvalgidek suratda o'ynash lozimligini aytdim. Ular buni uddalashdi hamda muxlislarni chiroyli futbol bilan xursand etdik. Yil davomida olib borgan mehnatimiz samara berdi. Buning uchun butun jamoa birgalikda mehnat qildi.

Bizga bir-birining o'rnini bosadigan o'yinchilar borligi qo'l keldi. Hali mavsum tugamadi. "So'g'diyona" va "Bunyodkor"ga qarshi bellashuvlarda ham ishqibozlarga maqul keladigan o'yin namoyish etishga intilamiz.

Menejerlik bilan shug'ullanishni xohlovchilar jamoani boshqarish uchun tegishli licenziya va futbol haqida tushunchaga ega bo'lishi kerak. Men hamisha jamoa ichida bo'lganman va murabbiylik kurslarining barchasida tahsil olganman. Boshqalar menejerlikni istagan taqdirda shu jihatlarni ham inobatga olishi darkor.

Men uchun  har bir o'yin eng muhim.  CHempionatni Andijonda boshladik. O'shanda meni futbolchilarning rasmiy o'yinda qanday futbol ko'rsatishi o'ylantirayotgandi. O'sha bellashuvda yigitlar ko'rsatmalarimga amal qilib, men istagan o'yinni namoyish qilayotganini ko'rdim. SHu sababli har bir bellashuv katta ahamiyatga ega bo'ldi. Endigi maqsadimiz Osiyo CHempionlar ligasida finalga etib borish. SHunga yarasha raqobatbardosh jamoa tuzishga urinamiz. O'yindan keyin futbolchilarga ham shuni takidladik.

Jamoamizda etakchilar bor. Lekin g'alabada jamoaning bir oila kabi uyushgani va mehnat qilgani qo'l keldi. Aytaylik, Maxaradze "Lokomotiv"da ko'p qizil kartochka olardi, jamoa bilan birinchi ligaga tushib ketgandi. Uni jamoaga taklif etdik va Kaxi bugungi kunda kiyinish xonasi va maydonda etakchilardan biriga aylangan. Yoki Pardaev birinchi davrani zaxirada o'tkazgandi. "Paxtakor"da esa ikkinchi davrada bir qator muhim gollarga mualliflik qildi. Har bir o'yinchi shunday tarzda o'zini ko'rsatdi. Hozir ko'plab futbolchilarga takliflar bor, lekin ular jamoani tark etmasliklarini bildirishdi. Oldimizga qo'yilgan maqsad sari olg'a qadam tashlashda davom etamiz.

Men har kuni o'z ustimda ishlash va yangi narsalarni o'rganishda davom etaman. Xiddink yoki Melensten singari murabbiylardan bazi jihatlarni o'rganganman. Mini-futbol jamoamizdan ham bazi narsalarni o'zlashtirganman va buni aytishdan uyalmayman. CHunki murabbiylik ishida barchadan o'rganish kerak va o'zing uchun yo'nalishni belgilab, futbolchilarga fikrlaringni tushuntirib berishing kerak. Agar o'yinchilarga nimani ko'rishni xohlayotganingni tushuntira olmasang, unda jamoani boshqara olmaysan.

Ushbu chempionlik faoliyatimda erishgan eng qiyin chempionligim bo'ldi. Hozirgacha bir bor "Navbahor" va 8 marta "Paxtakor" bilan  oltin medallarga ega chiqqanman. "Lokomotiv", "Nasaf" va "Bunyodkor" bilan shiddatli kurash kechdi. Hozirgi tarkibga Odil Ahmedovni qo'shadigan bo'lsak, men ishlagan paytdagi eng kuchli jamoaga aylanadi.

Biz moliyaviy tarafdan eng yaxshi imkoniyatlarga ega emasmiz. Oliy ligada bu borada 5-6-o'rinlardagi jamoamiz. SHu sababli byudjetimizning malum qismini o'zimiz ishlab topishga intilamiz. Futbolchilarga esa maosh va mukofot pullarini vaqtida to'lab boryapmiz. Hech qachon o'yinchilarga oldindan biror narsa uchun vada bermaymiz. Klub va jamoada barcha o'z ishini professionallarga xos, masuliyatni his etgan holda bajaradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика