So’nggi yangiliklar

13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  0 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  1 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  5 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  13 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  18 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  21 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  2 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4

Samvel Babayan: "Durang adolatli natija bo'lardi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Durang adolatli natija bo'lardi"

Coca-Cola Superligasi 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" va "Navbahor" (2:1) o'rtasidagi markaziy uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'yin haqida

- Xayrli kech. Bugun mavsumdagi eng muhim uchrashuvlardan birini o'tkazdik. Durang kuzatilsa, adolatli bo'lgan bo'lardi. Birinchi daqiqadayoq gol o'tkazib yubordik. Yigitlar ushbu kutilmagan zarbadan keyin o'ziga kela oldi. Qo'pol xatodan keyin standart orqali gol o'tkazib yubordik. CHetlatishdan keyin penalti ishladik, ammo undan unumli foydalana olmadik. Qaytaraman, durang bo'lsa, adolatli bo'lardi. Bu vaziyatda joninin bergan futbolchilarimizga achindim. Ular nimalarga qodir ekanliklarini ko'rsatishdi. Muxlislar mag'lubiyatga loyiq emasdi. 

Xatolarni to'g'rilash, xatolarni tahlil qilish ustida ish olib boramiz. Mavsum endi boshlandi. "Navbahor" yuqori maqsadlarni ko'zlagan, faqat oldinga intilishimiz kerak. Bizda boshqa yo'l yo'q.

- Birinchi taymda Oston O'runov ancha yaxshi harakat qilib, "Paxtakor" himoyachilarini qiynab qo'ydi. Ikkinchi taymda uni zaxiraga oldingiz. Bu taktik o'zgarishmi yoki charchoq bilan bog'liqmidi?

- Oston yaxshi o'ynadi. Ammo ikkinchi taym yarmiga kelib jismonan charchab qoldi. Biz o'yinga o'zgartirish kiritishimiz kerak edi, yutqazayotgandik. Uning O'rniga Sobirjonobni tushirdim, o'yinni u orqali kuchaytirmoqchi edik. U oldingi o'yinlarda o'zini ko'rsatgandi, shuning uchun uni maydonga tushirdik. 

- Farrux Ikromovdek tezkor qanoq vingeri turganda siz Jasur Yaxshiboev o'rniga asosan markazda yaxshi o'ynaydigan Abror Ismoilovni tushirdingiz. Farrux Ikromovning hozirgi holati "Navbahor" darajasiga to'g'ri kelmayaptimi yoki sizni taktikangizmi?

- Farrux Ikromov o'z poziciyasiga tushirildi. Uning hozirgi holati va sifatiga shubha qilmayman. U endigina jarohatdan qaytdi. Jismoniy holatini tiklab olish uchun ozgina vaqt kerak.

- Bugungi uchrashuvni ko'rar ekanmiz, "Navbahor" ruhiy jihatdan "Paxtakor"dan cho'chib o'ynagandek tuyuldi...

- Tabloda boshqacha hisob bo'lganida, siz bunday demas edingiz. Markaziy bahsda birinchi daqiqadayoq shunday zarba qabul qilib olib, yana o'yinga qaytib olish ko'p narsani anglatadi.  

Biz kamchilikda penalti ishlab oldik, undan oldin standartga ega bo'lgandik. Bugun bizga etishmagan jihatlar kuzatildi. Qarab chiqamiz. Jamoa yaqinda to'plangani uchun bog'lamalarda muammo bor. Tahlil qilib chiqamiz. Siz aytganingizdek, bizda rotaciya qilishimiz mumkin bo'lgan futbolchilar etarlicha. 

- Murabbiy sifatida jamoangiz necha foiz potencialini ishlata oldi deb o'ylaysiz?

- 3 tur ortda qoldi. 70% potencialimizni ham ko'rsata olmadik.

- Davron Hoshimovga qizil kartochka ko'rsatilgani haqida...

- U birinchi o'rinda o'zini, keyin esa jamoani qiyin ahvolga solib qo'ydi. U "Paxtakor" chap qanot himoyachisi provakaciyaga uchmasligi kerak edi. U buni ko'p marta qilgan, bugun buni uddaladi. Afsuski, Davron qo'pol xato qildi. Professionallarcha yo'l tutmadi, u asabini jilovlay olishi lozim edi.

Reyting: -58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика