So’nggi yangiliklar

08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  7 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20

Samvel Babayan: "CHanchun Yatay"da ishlash - men uchun katta sharaf" Yangiliklar

Samvel Babayan: "CHanchun Yatay"da ishlash - men uchun katta sharaf"

Xitoyning "CHanchun Yatay" jamoasi bosh murabbiyiga aylangan Samvel Babayan klub rasmiy saytiga intervyu berdi.

"2016 yilning 11 oktyabrida O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Xitoyni 2:0 hisobida mag'lub etdi va xitoyliklar ustozi Gao Xunbo istefoga chiqdi. O'sha paytda O'zbekiston MTJni boshqarayotgan Samvel Babayanga Xitoy klublari tomonidan jiddiy qiziqish bo'ldi. O'zbekiston - Xitoy uchrashuvidan so'ng "CHanchun Yatay" Babayanga taklif bilan murojaat qilgan" - deyiladi klub rasmiy saytida.


"O'sha vaqtda milliy terma jamoada ishlayotgan edim. MTJni tashlab keta olmasdim, ammo Xitoyda ishlashni doimo xohlaganman. Bu mening orzuim bo'lgan" - deydi Samvel Babayan.

O'zbekiston - Xitoy uchrashuvidan 1147 kun o'tib Babayan "CHanchun Yatay" ustoziga aylandi.

"CHanchun Yatay" tarixiy klub hisoblanadi. Jamoa quyi ligaga tushib ketgan, shu sababli ular bilan Xitoy Superligasi yo'llanmasini qo'lga kiritmoqchiman. "Yatay"da potencial bor va klub rahbariyati meni qo'llab-quvvatlamoqda. "CHanchun Yatay"da ishlash - men uchun katta sharaf.

Jamoaning o'tgan mavsumdagi ko'plab uchrashuvlarini tomosha qildim, ammo klub Xitoy birinchi ligasining yakunida muvaffaqiyatsizlikka uchrabdi. Bu xatolardan to'g'ri xulosa chiqarishim kerak.

"CHanchun Yatay"da iqtidorli yoshlar etarlicha ekan. Tajribam va falsafamdan kelib chiqib, yoshlar tezroq o'sishiga, kattalar jamoasiga ko'nikib ketishiga yordam beraman.

Ayni damda qishki tayyorgarlik davom etmoqda va biz asosiy tarkibni aniqlab olishga ulgurmadik. Xitoy taqvimi bo'yicha keladigan Yangi yildan so'ng asosiy tayyorgarlik bosqichini boshlaymiz va unda 5ta nazorrat uchrashuvi o'tkazamiz.

Ikkala tarkibimiz raqobatbardosh bo'lishini istayman. Buning uchun hamma ishni qilamiz. "Yatay" bazasida barcha sharoitlar mavjud" - deya so'zlariga yakun yasadi Samvel Babayan.

Eslatib o'tamiz, "CHanchun Yatay" so'nggi mavsum Xitoyning ikkinchi darajali ligasida o'ynab, yakunda 5-o'rinni egalladi. Joriy futbol yili startidan avval Babayan "CHangchun"ga 2018 yilgi OCHL chempionini olib keldi.

Reyting: -53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика