Samvel Babayan: "Buyuk klubda men birga ishlagan barchaga rahmat aytaman"
08 iyu 2015 09:53
Yangiliklar


Samvel Babayan: "Buyuk klubda men birga ishlagan barchaga rahmat aytaman"
Samvel Babayan: - Uzoq yillar mobaynida klubda men bilan yonma-yon bo'lgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Murabbiylar shtabi, futbolchilar va mamuriyatga, "Paxtakor" nomi ostidagi katta oilaning har bir azosiga rahmat aytaman. Bu jamoa rostdan ham katta oiladir.
Bu erda eng yaxshi yigitlar va jamoa yig'ilganiga ishonaman. Ular menga murabbiylik g'oyalarimni amalga oshirishga yordam berishdi. Jamoa nafaqat mamlakat chempionati va kubogini yutishi, balki xalqaro musobaqalarda ham o'zini ko'rsatishiga ishonaman. Yuqori darajadagi professional va haqiqiy vatanparvarlarni tarbiyalagan ota-onalarga rahmat aytaman. Men uchun eng yaxshi ishqibozlar sanalgan muxlislarga alohida minnatdorchilik bildirib qolaman.
Yigitlar va klubning g'alabalaridan quvonib, u uchun qayg'uraman. Men katta oila azosi bo'lganman va shunday bo'lib qolaman. Afsonaviy klubdagi ishimdan faxrlanaman. Umid qilamanki, buyuk klubda boshqaruvni kim qo'lga olishidan qati nazar jamoaning g'oliblik ananasi saqlanib qoladi va bunga guvoh bo'lamiz.

Fikrlar