So’nggi yangiliklar

15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  0 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  6 15:00U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластин билан муҳим ўйинда қатнашмоқда (онлайн ҳисоб)  19 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  0 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  1 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  9 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  44 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5

Samvel Babayan: "Burkina-Faso bizni hayron qoldira oldi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Burkina-Faso bizni hayron qoldira oldi"

O'zbekiston va Burkina-Faso o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Samvel Babayan qatnashdi.

- Qiyin bellashuvni o'tkazdik. Terma jamoalar miqiyosida oson o'yinlar bo'lmaydi. G'alaba qozonganimizdan xursandman. O'yin uchun futbolchilarga tashakkur bildiraman.

Nimadan qoniqmadim? Umuman olganda yaxshi o'ynadik. Futbolchilarning ko'pchiligi har xil holatda. Bu ham o'yinga o'z tasirini o'tkazdi.
Bu o'rtoqlik o'yinini tashkil etish tashabbusi kimdan chiqdi? Meni ishim jamoani o'yinga tayyorlash. Bu savolga Terma jamoalar markazi javob beradi.

Burkina-Faso bizni hayron qoldira oldi. Ularning may oyida Qozog'iston bilan bo'lgan uchrashuvini ko'rgandik. O'shanda ular o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qola olishgandi. Raqib ham bugun etakchi futbolchilari bilan kelgani yo'q. Muhim bahs oldidan bizga taqdim etilgan sparring raqibdan qoniqdim. O'yindagi xato va kamchiliklarni o'rganib chiqib, futbolchilar bilan chuqur tahlil qilamiz.



Vitaliy Denisovning sog'ligi joyida, hech qanday jiddiy jarohat yo'q. Men Pashinin va Denisov bilan ham gaplashdim. Biz har doim aloqada bo'lib turibmiz.

Igor Sergeev? Ha, Sergeev anchadan beri gol urgani yo'q. Lekin men uning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Suriyaga qarshi bahsgacha hali vaqt bor va men Igorga kerakli so'zlarni topib, uni optimal formaga qaytishiga ko'maklashaman.

Xitoyda Sergeev har doim ham o'z joyida o'ynayotgani yo'q. SHuningdek, uning jamoasida Turkiya terma jamoasining asosiy hujumchisi Burak o'ynamoqda. Yilmaz bilan esa raqobatlashish oson ish emasligini barcha biladi. Sergeev muhim o'yinga qadar yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lishini taminlaymiz, - deydi Samvel Babayan.


SHahboz Beg'amov

Reyting: -102   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика