So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  5 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

Samvel Babayan: "Bu uchrashuv Superligadagi so'nggi bahsimiz kabi qiziq o'tdi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Bu uchrashuv Superligadagi so'nggi bahsimiz kabi qiziq o'tdi"

"Aral" hamda "Navbahor" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi 1/8 final uchrashuvidan (0:2) so'ng mehmon jamoa ustozi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Navbahor" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. O'ta muhim bahs og'ir o'tdi. "Aral"ni Nukusda mag'lub etish oson deb o'ylaganlar adashadi. Buni juda katta qiyinchilik bilan amalga oshirdik. Bu uchrashuv Superligadagi so'nggi bahsimiz kabi qiziq o'tdi. G'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishimiz juda muhim edi. Avvalgi bahsda mag'lubiyatga munosib emas edik, shu sababli ushbu g'alaba ruhiy tushkunlikdan chiqib ketishga yordam berardi. "Aral" haqida alohida to'xtalmoqchiman. Ular haqiqiy jangchilardek harakat qilishdi, muxlislar uchun o'ynashdi. Agressiv, zamonaviy o'yin namoyish etib, vazifamizni qiyinlashtirishdi. O'z navbatida bu regionni ham Superligada jamoasi bo'lishini tilayman. "Aral" bu yoki kelasi yil oliy ligaga chiqishini xohlardim".

- "Navbahor" chempionatdagi so'nggi o'yinda "Paxtakor"ga mag'lub bo'lgandi. O'sha mag'lubiyatning bugungi bahsga tasiri bo'ldimi?

- Ha, tasiri bo'ldi. Biroq yigitlar maydonga chiqib, g'alabani qo'lga kiritishdi.

- "Aral" tarkibidan kimni o'z jamoangizda ko'rishni xohlagan bo'lardingiz?

- Barcha chiziqlarda yaxshi yigitlar bor. Ular havolanib ketmasligi uchun ismlarni aytmayman. Futbolchilarning darajasi Superligada o'ynashga etadi. Jamoaning muvaffaqiyatlarida Nematillo Quttiboevning xissasi katta deb bilaman. Bu jamoani Superligada ko'rishdan xursand bo'lardim.

- "Navbahor" futbolchilari o'yin vaqtini cho'zishga urinishgandek bo'lishdi. Sabab nimada?

- Maydon qoplamasi futbolchilarga jarohat etkazishi mumkin. Kurashlar ko'p bo'ldi. Futbolchilar shikastlanishganda tanaffuslar bo'ldi. Biz vaqtni cho'zish uchun ko'rsatma bermaymiz. Biz shunchaki jarohatlardan saqlanishga harakat qildik.


Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика