So’nggi yangiliklar

21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  1 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8

Samvel Babayan: “Biz O'zbekistonda uchta turnirda kurashni davom ettirayotgan yagona jamoamiz” Yangiliklar

Samvel Babayan: “Biz O'zbekistonda uchta turnirda kurashni davom ettirayotgan yagona jamoamiz”

“Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayanning "Al-Vakra" – "Navbahor" (0:1) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Barchaga salom. Bugun “Navbahor” uchun tarixiy kun bo'ldi deb ayta olaman. Jamoamiz 23 yildan beri Xalqaro musobaqada ishtirok etmagandi. Biz saralash bosqichi bilan cheklanib qolmoqchi emasdik. Bizning maqsadimiz: OCHL madhiyasi bizning qadrdon stadionimizda jaranglashini istagandik. Muxlislarimiz shu kabi ajoyib futbol muhitini his qilishga haqli edilar. Muxlislarimiz bizdan faxrlanishlari uchun barcha ishni qilishga harakat qildik. 

Yil avvalida qo'ygan maqsadlarimizdan biriga erishdik. Biroq biz guruh bosqichi bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz, biz uchun har bir uchrashuv finaldek. Men bazi bir statistika malumotlarni ochiqlamagandim. Menimcha Osiyoda aynan men ushbu turnirda eng ko'p ishtirok etgan mutaxassis bo'laman. SHu sababli ham mening tajribamdan kelib chiqib, maksimal natija ko'rsatishga harakat qildim.

 SHuningdek, men rahbarlik qilgan avvalgi jamoam ikki marta OCHL bahslarining yarim finaliga  etib kelganini ham eslatib o'tmoqchiman.   Murabbiylar shtabining tajribasi va futbolchilarimizning darajasidan kelib chiqib, bizga keyingi bosqichga chiqish vazifasi qo'yilgandi. Endi maqsadimiz guruh bosqichidan chiqish bo'ladi. 

Men o'yin oldi tashkil etilgan matbuot anjumanida “Al Vakra” yaxshi va shaklangan jamoaligini va ularda kuchli murabbiy borligini takidlagandim. Bizning o'yin rejamiz uchrashuv davomida o'zini oqladi va biz maksimal darajada uchrashuvni 90 daqiqada hal qilishga harakat qildik. 

Bizni qo'llab-quvvatlash uchun Qatarga etib kelgan muxlislarga rahmat aytamiz. Biz ularni keyingi o'yinlarda xursand qilishga harakat qilamiz.

So'zimni so'nggida shuni aytmoqchimanki, biz O'zbekistonda uchta turnirda kurashni davom ettirayotgan yagona jamoamiz!

Reyting: -72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика