So’nggi yangiliklar

12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  0 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  3 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  4 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5

Samvel Babayan: "Birinchi navbatda muxlislardan kechirim so'rayman" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Birinchi navbatda muxlislardan kechirim so'rayman"

Teglar :  Samvel Babayan
Barchamizga ayonki joriy hafta o'zbekistonlik futbol muxlislari uchun juda ham og'ir kechdi. Hattoki, aksariyat muxlislar millionlar o'yini sanalmish futboldan ko'ngilari qolgandek go'yo.

Binobarin, ishonamizki bu hissiyotlar vaqtinchalik va tez orada ular safimizga yana qaytishadi. SHundan bo'lsa kerak, muxbirlarimiz mazkur salbiy kayfiyatu tuyg'ularni sababchisi hisoblangan milliy terma jamoamizning hozirda sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayandan intervyu olish maqsadida bog'landi.

Samvel Vyacheslavovich intervni keyinroq berishni vada bergan holda bizdan dil so'zlarini muxlislarga etkazib qo'yishni iltimos qildi. Xullas quyida S.Babayanni terma jamoa va o'zbek futboli fanatlariga yo'llagan uzrnomasi havola qilinmoqda.

“Avvalambor muxlislarni ishonchini oqlay olmaganim uchun ulardan kechirim so'ramoqchiman. O'tgan yillar mobaynida murabbiylar shtabi bilan birga imkoniyatimiz darajasida katta hajmdagi ishlarini amalga oshirishga harakat qildik.

Xususan, terma jamoa bir ahil oilaga aylandi. Bizning asosiy maqsadimiz terma jamoani JCHga olib chiqib jonajon O'zbekistonimizda ham futbol o'ynay olishlarini va bu sport turini yaxshi ko'rishlarini namoyish etish orqali yurtimiz dovrug'ini yanada ko'tarish edi.

Men shu o'rinda bizga etarli shart-sharoitlarni yaratib bergan O'FF prezidenti Mirabror Usmonovga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Biz turnirni juda yaxshi boshgandik va guruhdagi 2 turdan so'ng guruh peshqadamiga aylangandik. Terma jamoadagi ishga boshqacha yondoshuv kerak, yani “specefik” hisoblanadi.

Bir so'z bilan aytganda natija futbolchilar sog'lig'ini qanday holatda ekanligiga va o'z vaqtida terma ixtiyoriga etib kelishiga bog'liq bo'ladi.

Afsuski, shundan so'ng etakchi futbolchilarimizni jarohat olishi yoki terma jamoa ixtiyoriga optimal formada kelmasliklari natijasida tarkibda yuqotishlarga uchradik.

Bundan tashqari bazi o'yinlarda shaxsan mening xatolarim tufayli ham ayrim uchrashuvlarda ochkolar yuqotdik.

SHu bilan birga bizga ko'plab o'yinlarda omad etishmadi. So'nggi daqiqlarda o'tkazib yuborilgan gollar faqat yo'q qo'yilgan xatolar evaziga emas balki omad degan narsaga ham bog'liq bo'ldi.


Nima bo'lganda ham mazkur bosqichda ishtirok etgan futbolchilarimizdan iborat jamoa Jahon futbol forumida ishtirok etishga loyiq edi. Men ishonmanki, bizning bosh jamoamiz JCH final bosqichida qatnashadi va buning uchun bizda iqtidorli futbolchilar juda ko'p.

Men shu o'rinda muxlislarimizni ikki yil mobaynida so'nggi turgacha qo'llab-quvatlab turganlari uchun ularga katta rahmatlar aytmoqchiman.

Terma jamoada ishlash har qanday mutaxassis uchun katta faxr va shu bilan birga katta javobgarlik va masuliyat yuklaydi. Xudo haqqi shaxsan men butun vujudim bilan shu ishga o'zimni bag'ishlagandim.

Bizni ezgu maqsad sari, yani JCH final bosqichidan bittagina gol etishmadi xolos...Biz mundialga chiqish uchun, muxlislarimizni baxiyor qilish uchun barcha o'ylagan ishlarimizni qildik, ammo...

Men yana bir karra ulardan uzr so'rayman va terma jamoamizni keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib, ularga faqat quvonch va baxt olib kelishini tilab qolaman”....



Reyting: -240   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика