So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Samvel Babayan: "Aybni o'zimizdan qidirishimiz kerak" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Aybni o'zimizdan qidirishimiz kerak"

Coca Cola Superliga 15-turi doirasida "Metallurg"ga qarshi o'yindan keyin "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan fikrlarini bildirdi.


- So'nggi o'yinlar juda qiziqarli va kurashlar ostida o'tmoqda. Barcha yuqori kayfiyatda, shu jumladan, "Metallurg" ham. Ular turnir jadvalining ikkinchi qismida va ochko kerak. SHu sababli o'yin qiyin kechishini bilgandik. Umuman olganda, jamoam reja ostida o'ynayotgandi. Gol urdik va yaxshi vaziyatlarimiz ham bo'ldi. Ikkinchi bo'limda ham gol urishimiz va o'yinni mantiqan yakunlashimiz kerak edi. Biroq gol ura olmadik. "Metallurg"ga tan berish kerak, ular oxirigacha kurashishdi. Afsuski, qo'pol xatolar sababli o'yin so'ngida to'p o'tkazib yubordik. Bu futbol, bunaqasi bo'lib turadi. Menimcha, aybni o'zimizdan qidirishimiz va taxlil qilishimiz kerak. Qizil olgan futbolchimiz o'yinni kuchaytirish uchun maydonga tushirilgandi, ammo afsuski, barchamizni qiynab maydonni tark etdi. Umumiy olganda, yigitlarga etirozim yo'q. Barchada bosim bor. Oldinga intilishda davom etamiz. Xatolarni to'g'rilash uchun ishlaymiz va har tomonlama izlanamiz. 

- "Navbahor" so'nggi o'yinlarda kam gol urib, kichik hisoblarda g'alabaga erishmoqda. Bu Sizni havotirga solmayaptimi?

- Yigitlarga kam gol uringlar deb aytmayapmiz. SHunchaki vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Muammo shunda. Albatta, o'yinlarni yaqqol ustunlik bilan yakunlashni istaymiz. Bugun ham ikkinchi va uchinchi gollarni urishimiz mumkin edi. Afsuski, tarkibda sifatli futbolchilarimiz ko'p bo'lsa-da, realizaciyada katta muammolarimiz bor. 

- Ikkinchi bo'limda "Navbahor"ning vaqt cho'zishini sababi natijani ushlab qolishmidi yoki jarohatlar sababmi? 

- Biz hech qachon vaqt cho'zmaymiz. Buning barchasi jarohat bilan bog'liq. Bularni tibbiy shtabimiz bilan ko'rib chiqishimiz kerak. 

Reyting: -45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика