So’nggi yangiliklar

07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  0 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0

Samvel Babayan: "2017 yilgi bo'lgan ishlar endi - xotira" Yangiliklar

Samvel Babayan: "2017 yilgi bo'lgan ishlar endi - xotira"

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida Samvel Babayan qatnashdi.

- Bugun chempionatning ikki etakchi jamoalari maydonda saf tortishdi. O'yindan oldin ikki jamoaga ham yuqori imkoniyat berib bo'lmasdi. Bugun biz uch ochko qo'lga kiritish uchun qattiq kurashdik. Afsuski, hisob 1:0ligida ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda ham biz raqib darvozasi tomon chiroyli yurishlar uyushtirdik. Ko'plab vaziyatlar yarata oldik. To'g'ri, hozirda o'yinning chuqur taxlilini qilib bo'lmaydi. Biroq jamoam qadam va qadam o'yin sifatini yaxshilab bormoqda. "Lokomotiv" oldinga harakat qiladi va yanada sifatli o'yin ko'rsatishga harakat qiladi.

- Jamoaning ikki qanot himoyasida vingerlar o'ynashdi. Jamoaning yoshlar tarkibi esa birinchi o'rinda ketmoqda. Nahotki yoshlar jamoasi tarkibida asosiy tarkib o'rnini bosa oladigan himoyachilar bo'lmasa...
- Haqiqatdan ham yoshlarimiz birinchi o'rinda. Bugun ularning vaqti emasdi. To'g'ri, raqibimiz ham yosh futbolchilardan tashkil topgan. Biroq ular bugungi kunda asosiy tarkibda o'ynay olishmadi. O'yindan oldingi yig'ilishda yo'qotishlarning o'rnini qay tariqa to'ldira olishimiz mumkinligini o'rganib chiqdik. Davron Hoshimov va Oleg Zoteevning o'rniga vingerlarni qo'yish men uchun ham yoqimli emas. O'yin davomida ular kam xato qilishdi va o'zlarini ko'rsata olishdi.

- O'yin uslubi, murabbiy imzosi ko'rinmayotgan edi.
- O'yinni qanday ko'rasiz bilmayman. Ammo men boshidan aytganman, rivojlanish zinama zina keladi. Ayrim holatlarda biz to'pni ushlab turish borasida yomon, bazida ajoyib tarzda o'ynayapmiz. Tan olaman, himoya va hujum o'rtasidagi muvozanat bizda etishmayapti. Ushbu jihat borasida ishlash kerak. Mag'lub bo'lgan bir necha o'yinlarimizda bahsni biz nazorat qildik va vaziyatlar yaratdik. Asosiy muammoimiz - vaziyatlardan foydalana olmaslik bo'layapti. Agarda vaziyatlardan foydalana olganimizda, futbolchilarning ruhiy holati ham ancha yaxshi bo'lardi, balki, o'yinning yakuniy natijasi ham boshqacharoq ko'rinish olardi. Ishlash kerak bo'lgan jihatlarimiz juda ko'p. Takidlab o'tganimdek, zinama zina o'yin sifatimizni yaxshilab boryapmiz.

- Nima uchun jamoa ikkinchi bo'limda chuqur himoyaga yotib oldi?
- Birinchi bo'limda urib olgan golimizdan keyin ham yomon harakat qilmadik. Ikkinchi bo'limda esa asosiy etiborni pressingga berdik. Maydonning holati va havoning biroz noqulayligi tufayli futbolchilar ham nafas olishda qiynalishdi. Lekin uzoq vaqt davomida yuqori pressingda o'ynashning iloji yo'q. Bazida himoyada o'tirib, omadimizni qarshi hujumdan izladik. Lekin vaziyatlardan foydalana olmadik.

- Milliy terma jamoadan ketganingizdan keyin ilk marta "Milliy" stadioniga qaytdingiz. Bu sizga qanday bosim berdi?
- "Bunyodkor"ning katta bosimi bor. Mamlakatimizning asosiy arenasi. Bu erda o'ynashning o'zi lazzatli. 2017 yilgi bo'lgan voqealar esa xotiraga aylandi. Endi o'tgan ishlarni unutib, oldinga harakat qilish kerak. Istalgan murabbiy va futbolchida ushbu stadionga kelganidan keyin ishiga bo'layotgan ishtiyoq ko'tariladi.

Reyting: -437   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика