“Sampdoriya” xo'jayini “Roma”ni sotib olmoqchi
24 mar 2019 22:26
Yangiliklar


“Sampdoriya” xo'jayini “Roma”ni sotib olmoqchi
“Sampdoriya” prezidenti Massimo Ferrero “Roma” jamoasining egasiga aylanmoqchi.
Gap shundaki, Ferrero yoshligidan rimliklarga muxlislik qilib keladi va shu sababdan mazkur klubni bir kun kelib sotib olishdan umidvorligini bildirdi.
“Palotta (Roma prezidenti) qachon nafaqaga ketsa, o'sha kuni men klubni boshqarishga tayyor bo'laman. Faqat u “bo'rilar”ni menga o'xshagan munosib insonga qoldirib ketsa bo'ldi”, - deydi "Sampdoriya" rahbari.
Hozirda, italyan OAV orqali “Sampdoriya”ga amerikalik investorlar ko'z tikayotgani haqida aytilmoqda. Biroq, Massimo Ferrero bunga izoh berishni xohlamagan.
Eslatib o'tamiz, Ferrero 2014-yilda sampdoriyaliklar boshqaruviga kelgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar