Sampaoli Ikardini nima uchun JCH-2018ga olib ketmayotganini aytdi
22 may 2018 12:31
Yangiliklar


Sampaoli Ikardini nima uchun JCH-2018ga olib ketmayotganini aytdi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli "Inter" hujumchisi Mauro Ikardini nima uchun JCH-2018ga jalb etmaganini aytdi.
"Biz bu ro'yxatni uzoq va chuqur tahlildan so'ng tuzdik.
Men chaqirgan futbolchilar bizning o'yin uslubimizga eng mos tushadiganlardir. Masalan, men Ansaldini tanladim. CHunki, u har ikki qanotda ham o'ynay oladi.
Ikardi, Perotti, Alexandro Gomes va Lautaro Martines biz bilan Rossiyaga bormaydi. Lekin, shunga qaramay ular bizning tarkibimizda bo'lishi mumkin bo'lgan yaxshi o'yinchilar.
Bizga saralashda juda ham yordam bergan Dario Benedetto jarohat olgan", - dedi murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar