So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  0 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  5 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Samolyotlar Messining uyi ustidan uchishi mumkin emas. Bu haqiqatmi? Yangiliklar

Samolyotlar Messining uyi ustidan uchishi mumkin emas. Bu haqiqatmi?

Barselonadagi xalqaro aeroport - El-Prat kengaytirilishi Lionel Messi tufayli to'xtatildi.

Kataloniyada joylashgan Vueling Airlines aviakompaniyasi prezidenti Xaver Sanches-Prietoning fikri shunday. 

"Messi shu yaqin o'rtada istiqomat qilgani uchun aeroportni kengaytirish mumkin emas. Bunaqasi dunyoning hech bir joyida bo'lmaydi" - deydi Sanches-Prieto. Rasmiy malumotga ko'ra, aeroport kengaytirilishi Gava va Kasteldefels shaharchalarining ekologiyasiga salbiy tasir qilgani uchun bekor qilindi.

Messining uyidan (Bellamar tumani) aeroportgacha 10 km, Barselona markazigacha esa 20 km. 1992 yilda Kasteldefels eshkak eshish bo'yicha olimpiya musobaqasiga mezbonlik qilgan va shahardagi kanaldan hozirgacha foydalaniladi.

Bu butun viloyat uchun ahamiyatli joy, Barselonaning boylar yashaydigan hudidi. Leoning jamoadoshlari - Luis Suares, Andre Gomesh va Filippe Koutinolar ham shu erda istiqomat qilishadi. Gava va Kasteldefelsdagi villalarning narxi - 5 mln. evro, bu narxdan bir necha baravar qimmatroqlarini ham uchratish mumkin.

Messi 6 yil avval O'rtaer dengizi qirg'og'idan uy sotib olgan va o'sha paytdan beri o'zi yashaydigan joyni kengaytirib kelmoqda. "Barsa" yarim himoyachisi Ivan Rakitich Leo uyini qaytadan qurgani haqida aytib bergan: "Leo tinchlikni juda xohlaganidan qo'shni villalarni ham sotib olgan. Ushbu uylarning qayta qurilishiga kamida 2 mln. evro ketgan".

Leoning Kasteldefelsdagi erlari 10000 kvadrat metrni tashkil qiladi: Ushbu hududda bolalar uchun ikkita o'yin maydoni, hovuz, trenajer zali va futbol maydoni mavjud. SHahar ustidan uchib o'tish haqiqatdan ham mumkin emas, ammo bunga Messining aloqasi yo'q.

Bir necha hafta oldin Ispaniya hukumati 2022 yilgacha "El-Prat"da yangi terminal qurish qarorini imzolagan edi - bu yo'lovchilar oqimini 47 mln.dan 70 mln.ga etkazish imkonini beradi. Ayni damda aeroport turistlarni qabul qilishga ulgurmayapti, Kataloniya byudjeti esa tamirlashga pul ajratadigan darajada emas. Katta loyiha doirasida qo'shimcha yo'lak qurish variantlarini ham ko'rib chiqishadi, ammo buni amalga oshirish qiyin: Aeroport sohilda joylashgan va samolyotlar qo'nish yo'lakchasiga dengiz tomondan kelishadi.

Gava va Kasteldefels ustidan uchib o'tish taqiqi Messining oilasi bu erga ko'chib kelishidan avval o'rnatilgan va Sanches-Prieto bu haqda juda yaxshi biladi. Hamma gap shovqin darajasi va tozalikka rioya qilish talablarida. Lekin dengizda qattiq shamol ko'tarilganida samolyotlar baribir mashhurlar ustidan uchib, ularni g'azablantiradi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика