Samoda sochilgan futbolchilar FOTO
25 fev 2018 15:35
Yangiliklar
Samoda sochilgan futbolchilar FOTO
2016 yili 28 noyabr kuni Braziliya osmonini qora bulutlar qopladi. SHu kuni bortida "SHapekoense" jamoasi bo'lgan samolyot aviahalotga uchradi va "SHapekoense" futbolchilarini bu dunyodan olib ketdi. Bunday ayanchli voqealar, o'tmishda ko'plab futbol muxlislari qalbiga qayg'u solgan. Saytimiz o'quvchilariga samoda sochilgan futbol jamoalarini eslatib o'tamiz.
"Torino"
1949 yil 4 may
1949 yili Italiya futboli bir qator kuchli futbolchilaridan ayrildi. "Torino" jamoasi Portugaliyadan uyga qaytayotgan paytda, Turinga yaqin bo'lgan tog'yon bag'rida aviahalokatga uchragan. Ushbu ayanchli voqeada 18 nafar futbolchi halok bo'lgan. Baxtsiz voqeada vafot etganlar orasida rasmiy vakil, angliyalik murabbiy Lesli Livsi bilan birsha sport jurnalistlari ham bo'lgan. O'sha paytda "Torino" ketma-ket 4 marotaba Italiya chempionligini qo'lga kiritgandi. Aviahalokatga uchragan yili "Torino" o'zini taqib qilib kelayotgan jamoadan 4 ochkoga o'zib ketib turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qolgan va musobaqa g'olibi bo'lgan.
"Manchester Yunayted"
1958 yil 6 fevral.
1958 yili 6 fevral kuni Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi Myunxen aeroportida samodan erga qulab tushgan. Ushbu aviahalokat natijasida samolyotda bo'lgan 24 nafar inson vafot etgan. SHu jumladan, samolyot bortida Basbi shogirdlaridan sakkiz nafar futbolchi, uch nafar klub ishchisi va yana sakkiz nafar jurnalist bo'lgan. "Manchester Yunayted" Evropa kubogi chorak final javob uchrashuvida Serbiyaning "Crvena Zvezda" jamoasiga qarshi bahsdan so'ng uyga qaytayotgan edi. Ushbu bahsda durang natija qayd etilgan va Angliya klubi Evropa kubogi yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Ushbu aviahalokatda afsonaviy darvozabon SHimoliy Irlandiya terma jamoasi darvozaboni Garri Gregg tirik qolgan. Yarim yildan so'ng, posbon jarohatlaridan forig' bo'lgan va yana "Manchester Yunayted" darvozasini qo'riqlagan.
Daniya terma jamoasi
1960 yil 16 iyul
SHu yili Daniyaning Amager orolida joylashgan Eresunn shahrining Kastrup aeroportiga samolyot qo'nishi vaqtida aviahalokatga uchragan. Aviahalotga uchragan samolyot bortida Daniya terma jamoasi ham bo'lgan. Halokat vaqtida sakkiz nafar futbolchi halok bo'lgan. Ushbu futbolchilar Rimda futbol bo'yicha bo'lib o'tadigan Olimpiada turniriga tayyorgarlik ko'rishayotgandi. SHunday bo'lsada, Daniya futbol ittifoqi Olimpiadada ishtirok etishdan bosh tortmagan va kumush medal sohibi bo'lgan.
"Grin Kross"
1961 yil 3 aprel
1961 yili 3 aprel kuni CHili chempionati janubiy zonasining birinchi divizionida ishtirok etuvchi "Grin Kross" jamoasi samoga sochilgan. "Grin Kross" Osorio shahridan qaytayotganida tog'li hududda Las-Lastimasda aviahalokatga uchragan va samolyot bortida bo'lgan 24 nafar inson halok bo'lgan.
"Strongest"
1969 yili 26 sentyabr
1969 yili 26 sentyabr kuni Boliviyaning mashhur "Strongest" jamoasining 19 nafar futbolchisi klub rahbariyati bilan birga aviahalokatda halok bo'lishgan. Ular bortida bo'lgan samolyot Las-Pas shahriga qaytayotganida Andaxda halokatga uchragan.
"Paxtakor"
1979 yil 11 avgust
1979 yil 11 avgust kun o'zbek futboli tarixida qora harflar bilan yozib qo'yildi. SHu kuni, o'zbek futbolining afsonaviy "Paxtakor" jamoasi Ukrainaning Dneprodzerjinsk osmonida Tu-134A shu rusumdagi 65735 raqamli boshqa bir samolyot bilan to'qnashib ketib samoga sochilgan. Ikki laynerning 8400 metr balandlikdagi to'nashuvi natijasida 178 nafar inson halok bo'ldi. Har yili 11 avgust kunini afsuslar bilan eslaymiz.
Zambiya terma jamoasi
1993 yil 27 aprel
1993 yili 27 aprel sanasida jahon chempionati saralash bosqichida Senegal terma jamoasiga qarshi bahsni o'tkazish uchun uchib ketayotgan Zambiya terma jamoasi aviahalokatga uchragan. Layner bortida Zambiya terma jamoasining 18 futbolchisi halok bo'lgan. Layner Gabon davlati daryosi qirg'og'iga qulab tushgan.
"SHapekoense"
2016 yil 28 noyabr
2016 yilning 28 noyabr sanasida Braziliyaning "SHapekoense" klubi aviahalokatga uchragan edi. O'shanda jamoa Janubiy Amerika kubogi finalida "Atletiko Nasonal"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushish uchun uchib ketayotgan edi. Ammo, bortida Braziliya klubi futbolchilari bo'lgan samolyot Kolumbiya hududida qulab tushgan. O'sha fojeadan so'ng jamoaning uch nafar futbolchisi tirik qolgan - himoyachi Rushel va Netu, shuningdek darvozabon Jakson Folman.
Jahongir Sotvoldiev tayyorladi
Fikrlar