So’nggi yangiliklar

02:47Йўқ, бу амалга ошмади: ота-ўғил Янглар бир-бирига қарши ўйнамади  0 01:58Испания Суперкубоги финалида "Эл Класико" кўрамиз!  13 01:52Эксклюзив: "Манчестер Сити" "Ланс"га расмий таклиф билан чиқди, Ҳусановнинг нархи янада ошди  37 01:26Неймар "Ал Ҳилол"га қимматга тушди  6 01:00Расман: Амад Диалло шартномани узайтирди  1 00:35Улар яна бирга бўлишади: Каземиро Саудия томон йўл олмоқда  3 00:12Роналду фаолиятидаги 917-голини урган ўйинда "Ал Насср" иродали ғалаба қайд этди  4 23:58Англия Кубоги: "Эвертон" - "Питерборо" ўйинида ота ва ўғил бир-бирига қарши ўйнайдими?  1 23:27Расман: АПЛ клуби ўйин куни бош мураббийни истеъфога чиқарди  0 23:13"Бухоро" мавсумни қайси стадионда бошлаши аниқ бўлди  4 23:06Испания Суперкубоги. "Реал" - "Мальорка" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 22:50"Барселона": Шкафлар сотилади  19 22:33"Астон Вилла" 150 йиллик юбилейига атаб либос тақдим қилди  0 22:09Ўзбекистон аёллар терма жамоаси футзалда Хитойдан устун келди  2 21:50"Милан"нинг қишки трансферлар ойнаси вақтидаги асосий мақсади ким бўлади?  1

Samoda halokatga uchragan klublar Yangiliklar

Samoda halokatga uchragan klublar

Teglar :  SHapekoense
Braziliyaning "SHapekoense" jamoasi Kolumbiya osmonida halokatga uchragan navbatdagi futbol klubiga aylandi.

SHu o'rinda biz shunday jamoalarni yodga olib o'tamiz.

1949 yil 4 may. Torino (Italiya)
Uchuvchilarning xatosi oqibatida o'sha paytda Italiya terma jamoasining asosini tashkil etgan Torino klubi halokatga uchradi. Fojeada 31 kishi halok bo'ldi. SHulardan 18tasi futbolchilar edi, 10 nafari terma jamoa o'yinchilari. SHuningdek, jamoa rahbariyati, uch jurnalist va besh nafar ekipaj azosi hayotdan ko'z yumdi.

1958 yil 6 fevral.  Manchester Yunaytedning hozirgi tarkibi o'sha halokatda o'lgan futbolchilarni xotirlash uchun eski liboslarda maydonga tushdi. Myunxendagi baxtsiz hodisada ko'plab futbolchi, jamoa rahbariyati, jurnalist va ekipaj azosi halok bo'ldi. Keyinchalik ushbu halokat haqida Yunayted. Myunxen tragediyasi deb nomlangan badiiy film suratga olindi.

1960 yil 16 iyul. Kastrup shahar aeroportiga noqulay qo'nish chog'ida Daniya termasining ikkinchi tarkibidan 8 nafar futbolchi dunyodan ko'z yumdi.

1961 yil 3 aprel. Oradan bir yil o'tmasdan CHili birinchi divizionida faoliyat ko'rsatayotgan Grin Kross klubi o'z taqdiriga bitilgan fojea bilan to'qnash keldi. Safardagi o'yindan qaytish chog'ida jamoa Las-Lastimas tog'idan o'ta olmadi.

1979 yil 11 avgust. 8 avgust kuni Toshkentda Voroshilovgradning Zarya klubini 3:1 hisobida dog'da qoldirgan Paxtakorning o'sha tarkibi uchun so'nggi uchrashuvga aylanishini hech bir ishqiboz o'ylab ham ko'rmagandi. 13 avgustda Minskda Dinamoga qarshi belgilangan uchrashuv arafasida ro'y beradigan halokat hali butun millatni larzaga solishini hech kim bilmasdi. Toshkent vaqti bo'yicha soat 13dan 35 daqiqa 38 soniya o'tgan. SHu lahzada Toshkent-Gurev-Doneck-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti CHelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan to'qnashib ketdi. Fojea erdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida bo'lgan 178 kishi halok bo'ldi. Ular orasida o'sha vaqtda o'zbek futbolining faxri hisoblangan Paxtakorning 17 nafardan iborat tarkibi ham bo'lgan. Afsuski, dispetcherning xatosi ikki yuzga yaqin insonlarni bu hayotdan olib ketdi.

SHuningdek, Strongest (Boliviya, 19 futbolchi halok bo'lgan), Eyr Likuid (Jazoir), Alyansa (Peru, 43 futbolchi, klub rahbariyati va muxlislar), Surinamdan bo'lgan va Gollandiyada to'p tepgan 23 futbolchi (baxtli tasodif tufayli Ruud Gullit va Frank Raykaard ular orasida bo'lmagan) hamda Zambiya terma jamoasi (butun tarkib va jamoa azolari) aviahalokatdan jabr ko'rganlar qatorida zikr etiladi. Ushbu jamoalarning bazi futbolchi va azolari halokatdan qutulib qolishgan. Aks holda, jahondagi ishqibozlar Bobbi CHarlton, Mett Basbi singari insonlarni keyinchalik millionlar o'yini atrofida ko'rmagan bo'lishardi.
 

Behzod Nazarov

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика