Samir Nasri faoliyatini Belgiyada davom ettirishga yaqin
05 iyu 2019 18:21
Yangiliklar


Samir Nasri faoliyatini Belgiyada davom ettirishga yaqin
"Manchester Siti" sobiq yarim himoyachisi Samir Nasri faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Franciyalik futbolchi "Anderlext" bilan muzokaralar olib bormoqda.
Qayd etish kerakki, ushbu transferning tashabbuskori "shaharliklar"ning sobiq sardori Vensan Kompani hisoblanadi.
31 yoshli Nasri "Marsel" tarbiyalanuvichisi hisoblanadi. O'yinchi "Vest Xem"dan tashqari "Marsel", "Arsenal", "Manchester Siti", "Sevilya" va "Antalyaspor" klublarida to'p surgan.
Samir Nasri 2007 yildan 2014 yilgacha Franciya terma jamoasida harakat qilgan.
Futbolchi yakunlangan mavsum atigi 6ta o'yinda maydonga tushib, 2ta samarali to'p uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar