Samir Nasri erkin agentga aylandi

31 yanv 2018, 23:13
Turkiyaning “Antalyaspor” klubi fransiyalik taniqli yarim himoyachi Samir Nasri bilan shartnomani bekor qildi.

Qayd etilishicha, tomonlar o'zaro kelishuv asosida 2019 yilgacha mo'ljallangan shartnomani bekor qilishdi.

“Antalyaspor” klubning moliyaviy muammolari sabab 30 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga majbur bo'ldi. Nasri turk klubi safida haftasiga 80 ming evro maosh olib kelayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: beIN Sports