Sami Xyuyupya: “Van Deyk – dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachisi”
20 jan 2020 22:58
Yangiliklar
Sami Xyuyupya: “Van Deyk – dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachisi”
“Liverpul”ning sobiq futbolchisi Sami Xyuyupya “qizillar” himoyachisi Virjil van Deyk haqida ijobiy fikrlar bildirib o'tdi.
“Menimcha, Virjil ayni paytda dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachisi. Uning bo'sh “nuqta”si yo'q.
U “Liverpul”ga kelguniga qadar jamoaga etakchilik etishmayotgandi. Milner va Xendersondan ko'p narsa talab qilinayotgandi.
Van Deyk kelgach, yuqoridagi ikki futbolchidan bosim biroz yo'qoldi va yana bir etakchi jamoaga qo'shildi. U barchaga ishonch baxsh etadi, Virjil bilan barcha futbolchilar yanada yaxshiroq o'yin namoyish eta olishadi”, deydi Xyupya.
Fikrlar