Samatov va Agaliev Andijon safiga qo'shildi
10 fev 2018 13:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/305707_original.jpg)
![](/upload/storage/305707_220.jpg)
Samatov va Agaliev Andijon safiga qo'shildi
Yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan Andijon poytaxtdagi yig'in chog'ida o'z tarkibini kuchaytirib bormoqda.
Xususan, kuni-kecha tarkibga «Mashal»dan Avaz Agaliev va «Buxoro»dan Alisher Samatov kelib qo'shildi. Agaliev chap qanot himoyachisi bo'lsa, Samatov himoya chizig'ining markazi va o'ng qanotida birdek o'ynay oladi. Aytish mumkinki, ushbu futbolchilar shubhasiz «Andijon»ning o'yinini kuchaytiradi.
«Burgutlar» ertaga Toshkentdagi yig'ini chog'ida navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Sparring-raqib super liga vakili «Buxoro» jamoasidir. O'yin «Bunyodkor» mashg'ulot maydonida soat 15:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Avaz Agaliev
Alisher Samatov
O’xshash yangiliklar
15:18
O'zbekiston olimpiya terma jamoasida Yo'ldoshev o'rniga boshqa futbolchi qaydnomaga kiritildi 20
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar