Samat Narziqulov – 50 yoshda!
12 fev 2018 15:39
Yangiliklar
Samat Narziqulov – 50 yoshda!
Hozirgi kunda “Bunyodkor” ayollar jamoasi katta murabbiyi sifatida faolit yuritib kelayotgan Samat Erkinovichni ko'pchilik “Dinamo”, “So'g'diyona”, “Paxtakor” va “Xorazm” jamoalaridagi futbolchilik faoliyati orqali yaxshi eslashadi.
2013 yildan buyon “Bunyodkor” futbol klubida ishlab kelayotgan Samat Narziqulov futbol maktabimizning rivoji yo'lida ham o'zining beqiyos hissasini qo'shib kelmoqda. U “Bunyodkor”dagi besh yillik faoliyatida turli yosh toifasidagi guruhlarga, yoshlar va farm-klub jamoalariga murabbiylik qilib keldi. Hozirgi vaqtda “Bunyodkor” ayollar jamoasida katta murabbiy lavozimida samarali mehnat qilmoqda.
Bugun “Bunyodkor” futbol maktabida Samat Narziqulovning 50 yoshli yubileyi munosabati bilan tadbir uyushtirildi. Unda O'zbekiston futbol associaciyasi faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov, futbol professori Rustam Akramov va futbol jamoatchiligidagi boshqalar ishtirok etishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar