Samarqand shahrida xotira turniri o'tkazildi
02 iyu 2021 12:49
Yangiliklar
Samarqand shahrida xotira turniri o'tkazildi
Samarqandda 2008 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida viloyatimiz futboliga ulkan xissa qo'shgan marhum ustoz murabbiy Qahramon Mamatqulov hamda marhum futbolchi Firdavs Burxonov xotirasiga bag'ishlab Respublika turniri o'tkazildi.
Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan jami 13ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Qiziqarli va ko'taringi ruxda o'tgan musobaqada birinchi o'rinni Akademiya jamoasi qo'lga kiritdi. Faxrli ikkinchi o'rin "Motrit-A" FK jamoasiga nasib qildi. Faxrli uchinchi o'rinlarni esa "Axmadxon" FK va "DFYUSH-28" jamoalari egallashdi.
Musobaqa so'nngida g'olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
1-o'rin: "Akademiya" jamoasi
2-o'rin: "Motrit-A" jamoasi
3-o'rin: "Axmadjon" FK
3-o'rin: "DFYUSH-28" jamoasi
Fikrlar