So’nggi yangiliklar

16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  0 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10

Saloh va Firminosiz qolgan "Liverpul" bugun mo'jiza ko'rsata oladimi? Yangiliklar

Saloh va Firminosiz qolgan "Liverpul" bugun mo'jiza ko'rsata oladimi?

Bugun ECHLdagi dastlabki finalchi aniqlanadi.

"Kamp Nou"dagi natija "Liverpul" murabbiylar shtabini shokka solib qo'ygani aniq. Hisob 0:3 ekanligiga etibor bermasak, "Barselona" fonida "Liverpul" ajoyib jamoa ekanligini isbotladi. Natija esa adolatsizroq.

"Liverpul" "Barselona"ni mag'lub etishi mumkin edi. Biroq bunga qarshi ikkita faktor turib berdi: Messi hamda "Liverpul" foydalanmagan vaziyatlar.

"Liverpul" 2018/19 yilgi mavsum ECHL finalida "Real"ga qarshi o'ynagandi. O'shanda ham jamoa taktik tomondan kuchli va tartibli o'ynagandi. Deyarli shu tarkib "Kamp Nou"da o'z kuchini ko'rsata oldi. Bu esa Klopp to'g'ri yo'ldan ketayotganligini anglatadi.

"Liverpul" raqibni to'psiz o'ynayotgan pallalarda o'yinni nazorat qila olmadi. Jamoaning bir necha xavfli hujumlarini Ter-SHtegenning ajoyib seyvlari to'xtatib qoldi. To'g'ri, "Barselona" yirik hisobda g'alaba qozondi, ammo ular "Liverpul"dan bir bosh ustun emasdi.

Biroq "Barselona"ning kuchiga nisbatan bunday baho berish ham xato. Valverde Kloppning akcentiga munosib javobni shu yo'l orqali berishni istadi. Ilk navbatda shuni aytishimiz mumkinki, "Liverpul" "Barselona"ning qurolini o'ziga qarshi ishlatdi - to'pni ushlab turish va pozicon hujumlar...

"Enfild"da nima bo'lishini taxmin qilish qiyin. "Liverpul" qiyinchilik bilan "Nyukasl"ni mag'lub etganda Valverde jamoaning asosiy futbolchilariga dam berishni maqul ko'rdi. "Barselona"ning asosiy vazifasi - tezkor yoki o'yindagi ilk golni urib, vaziyatni o'z tomonga og'dirish bo'ladi. O'yinning boshlanish vaqti bunda muhim rol o'ynaydi.

Mersisaydliklar lazareti "anchagina boyigan". Muhammad Saloh "Nyukasl"ga qarshi bahsda jarohatlandi. SHuningdek, Firmino, Keyta va Lallana ham safdan chiqqan. SHu boisdan "Liverpul" triosi Mane, Starrij, Veynaldum ko'rinishida bo'lishi mumkin. Keyta o'rnini Fabino egallaydi. Kecha Virjil van Deyk va Aleks Oksleyd-CHermberleyn individual dastur bo'yicha shug'ullangan. Ammo ular o'yinda qatnashishi aniq.

"Barselona" tarkibida esa faqatgina Usmon Dembele jarohatlangan. Bu esa Valverdega boshog'riq bo'lmasa kerak.

Taxminiy tarkiblar:

"Liverpul": Alisson — Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes, Robertson — Fabino, Xenderson, Milner — Veynaldum, Starridj, Mane.

"Barselona": ter SHtegen — Serxi Roberto, Pike, Lengle, Alba — Buskets, Rakitich, Vidal — Messi, Suares, Koutino.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика