Saloh: "Orzuim - "Liverpul" bilan APL chempioni bo'lish"
23 fev 2019 19:43
Yangiliklar


Saloh: "Orzuim - "Liverpul" bilan APL chempioni bo'lish"
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh mersisaydliklar bilan APLda g'olib bo'lishni orzu qilayotganini tan oldi.
"Liverpul"ga kelganimda Premer-ligada g'olib chiqishni orzu qilganman. O'sha paytda ko'pchilik buni hom-hayol deb o'ylagan.
Bu haqida o'tgan mavsumda aytdim, joriy futbol yili boshida ham takrorladim, endi esa maqsadimizga yaqinmiz. CHempion bo'lish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
Albatta, bosim bor, biz ham insonmiz. Uni his qilyapmiz, ammo Angliya chempioni bo'lishni istaymiz. Bu klubimiz uchun katta muvaffaqiyat bo'ladi. Hozir xotirjamlikni saqlab, o'z ishimizni bajarishimiz kerak" - deydi Saloh.
"Liverpul" ertaga (24 fevral) "Manchester Yunayted"ga qarshi APLning 27-tur uchrashuvida maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar