Saloh “Liverpul”da Dalglishni quvib o'tdi
08 jan 2023 08:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/734257_original.jpg)
![](/upload/storage/734257_220.jpg)
Saloh “Liverpul”da Dalglishni quvib o'tdi
Angliya kubogi 1/32 finalida “Liverpul” uyda “Vulverxempton” bilan jangovar durang o'ynadi – 2:2.
Mersisaydliklar safida gollardan biriga Muhammad Saloh mualliflik qildi. Bu misrlikning “qizillar” libosidagi 173-goli bo'ldi va u klub to'purarlari ro'yxatida 7-o'rindagi Kenni Dalglishni quvib o'tishga erishdi.
Salohdan oldinda esa quyidagi futbolchilar bor:
1. Ian Rash – 346 gol;
2. Rojer Xant – 285;
3. Gordon Xojson – 241;
4. Billi Liddell – 228;
5. Stiven Jerrard – 186;
6. Robbi Fauler – 183.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar