Saloh: "CHempionlar ligasidagi g'alaba shaxsiy sovrinlardan muhimroq"
16 apr 2018 14:06
Yangiliklar
Saloh: "CHempionlar ligasidagi g'alaba shaxsiy sovrinlardan muhimroq"
"Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Saloh joriy mavsum CHempionlar ligasidagi g'alaba qanchalik muhimligi haqida aytib berdi.
"Nimani tanlagan bo'lardim - turnirda g'olib bo'lish yoki shaxsiy sovrin yutish? Agar menda shunday tanlov bo'lganida, CHempionlar ligasida g'alaba qozonishni istardim. Bu har bir futbolchi uchun juda muhim va ahamiyatli sovrin" - deydi Saloh.
Saloh APLning 34-tur o'yinida joriy chempionatdagi 30-golini urdi va to'purarlar poygasida etakchilik qilmoqda. 25 yoshli misrlik Premer-ligada yil futbolchisi nomiga davogarlik qilmoqda.
"Liverpul" hamda "Roma" o'rtasidagi ilk yarim final o'yini 24 aprel kuni, javob bahsi esa 2 may kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar