Saloh Aguero bilan tenglashib oldi
14 apr 2019 23:15
Yangiliklar


Saloh Aguero bilan tenglashib oldi
APLning 34-turida Liverpul klubi CHelsi ustidan zafar (2:0) qozondi.
Mazkur bahsning 53-daqiqasida chiroyli zarbasi bilan raqib darvozasini ishg'ol etgan Muhammad Saloh chempionatdagi gollari sonini 19taga etkazdi. SHu tariqa, misrlik forvard chempionat to'purari «Manchester Siti» azosi Serxio Agueroga etib oldi. Ulardan keyingi o'rinda 18ta gol bilan mersisaydliklarning boshqa bir futbolchisi Sadio Mane joy olgan. R.Sterling, P.Obameyang va X.Keyn hisobida esa 17tadan gol bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar