Saloh 79 daqiqada Klopp bilan janjallashib qoldi
27 apr 2024 19:07
Yangiliklar
Saloh 79 daqiqada Klopp bilan janjallashib qoldi
Muhammad Saloh "Vest Xem"ga qarshi o'yin paytida Yurgen Klopp bilan kelisha olmay qoldi.
79 daqiqada "Liverpul"da 3 kishilik o'zgarish amalga oshayotgan paytda Klopp Salohga qarata bir nimalar dedi, misrlik esa murabbiyning so'zlariga etiroz bildira boshladi.
Saloh va Klopp o'rtasida janjal yuzaga keldi. Natijada Muhammad mutaxassisga qarata qo'li bilan qandaydir ishoralarni ko'rsatdi va noroziligini bildirdi.
Zaxiradan o'yinga qo'shilishga tayyorgarlik ko'rayotgan Darvin Nunes Jo Gomes bilan birga "Liverpul" vakillarini tinchlantirishga urinishdi.
Bahs 2:2 hisobida yakun topdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar