Salixamijich: "Gnabri "Bavariya"ni tanlaydi deb umid qilaman"
24 iyu 2022 13:30
Yangiliklar


Salixamijich: "Gnabri "Bavariya"ni tanlaydi deb umid qilaman"
"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamijich forvard Serj Gnabrining shartnomasi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
"Biz uni saqlab qolishni juda ham xohlaymiz. U "Bavariya"ni tanlaydi deb umid qilaman. Agar on klub uchun qaror qabul qilishni istamasa, biz barchaga mos keladigan echim topishimiz mumkin", — deydi Salixamijich.
26 yoshli nemis o'tgan mavsum Myunxen klubi safida 45ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Uning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar