So’nggi yangiliklar

15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 15:00Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  18 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  1 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  8 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  5 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  14 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  4 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4

Salim Zokirov: “Maqsadimiz yuqoriga intilish” Yangiliklar

Salim Zokirov: “Maqsadimiz yuqoriga intilish”

Kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogi 1/16 final doirasidagi “Iftixor” – “Yozyovon” jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyin yozyovonliklar ustozi Salim Zokirov bilan qisqacha suhbatda bo'ldik.

— Bugun o'yin borasida nima deya olasiz?

— Avvalo mezbonlarni g'alaba bilan tabriklayman. SHogirdlarim ham bugun yaxshi harakat qilishdi. Ularning o'yinidan ko'nglim to'ldi. “Iftixor” jamoasiga kuchli futbolchilar jamlangan – Mansur Saidov, Akmal Xolmatov, SHerzod Hakimov, Orif Mamajonov kabi o'yinchilar superligada ham bemalol o'ynab keta olishadi.

— Bugun maydonga asosan yosh futbolchilarni tushurdingiz. Xususan, darvozabon Jasur Abdullaev asosiy tarkib o'yinchisi emas.

— CHindan ham bugun yoshlarga imkoniyat berishga qaror qildim. Jasur yosh darvozabon bo'lishiga qaramay, bugun o'zini ko'rsata oldi. Uning harakatlaridan qoniqish hosil qildim. 20 aprel kuni o'z maydonimizda “Labsa” bilan o'ynaymiz. SHuni inobatga olgan holda bir qator etakchi futbolchilarga dam berdim.

— “Yozyovon” mavsumni yuqori notada boshladi. Hozircha jamoa Pro-liga “V” guruhida etakchilik qilmoqda.

—  Maqsadimiz yuqori darajaga intilish. Yozyovonlik muxlislarni xursand qilish. Bugun bizni bevosita stadionda qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman.

Isroil Mamajonov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика