So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  4 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Salim Zokirov: “Birinchi ligada hamma jamoalarning kuchi teng” Yangiliklar

Salim Zokirov: “Birinchi ligada hamma jamoalarning kuchi teng”

O'zbekiston chempionati 13-turidan o'rin olgan bahsda “Yozyovon-Lochinlari” o'z maydonida “G'allaorol”ni yirik 6:1 hisobida mag'lub etdi.

Bungacha jamoa ketma-ket oltita o'yindan beri g'alaba qozona olmay kelayotgandi (bir durang, besh mag'lubiyat). Bugun “Yozyovon-Lochinlari” uyda “Zomin”ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuv arafasida klub bosh direktori Salim Zokirovni suhbatga tortdik. 

-Jamoangiz ketma-ket 6ta g'alabasiz o'yindan so'ng va nihoyat g'alaba qozondi. Bu sizlar uchun qanchalik qiyin bo'ldi?

-“G'allaorol”ga qarshi uchrashuv albatta qiyin o'tdi. So'nggi o'yinlarda  mag'lubiyatga uchraganimizdan so'ng futbolchilarimizda ham g'alabaga bo'lgan ishonch kamayib qolgandi. SHuning uchun “G'allaorol” bilan bahsda ancha qiyinchilikka duch keldik. Birinchi bo'limni 2:1 hisobida yakunladik. Ikkinchi bo'lim boshida raqib darvozasini ishg'ol qildik va g'alabaga bo'lgan ishtiyoq oshdi. Natijada 6:1 hisobida zafar quchdik.  

-Jamoangiz oldida “G'allaorol” shunchalik kuchsiz ko'rindimi?

-“G'allaorol” shunchaki kuchsiz ko'rindi degan fikrdan yiroqman. Raqibimiz birinchi bo'limda bizdan yaxshiroq o'yin ko'rsatdi. O'z darvozamizdan to'p o'tkazib yuborganimizdan so'ng futbolchilarimiz xayajonga tushib qolishdi. Lekin ketma-ket to'rtta goldan so'ng ular mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'lishdi. 

-“Zomin” bilan o'yindan qanday natija kutyapsiz? 

-Bugun “Zomin”ga qarshi uchrashuvda g'alaba qozonishimiz kerak. Bugun mag'lubiyatga uchrasak birinchi ligada qolish imkoniyatimiz yanada pasayib ketadi. SHuning uchun bizni uch ochkodan boshqasi qoniqtirmaydi. Biz uchun ikkinchi davra birinchi davraga qaraganda qulay bo'ladi. Ko'pchilikning xabari bor, stadionimiz boshqatdan tamirlanmoqda. Ikkinchi davrani yangi stadionda boshlaymiz. Birinchi ligada ishtirok etayotgan barcha jamoalar deyarli teng. Birinchi o'rindagi ham oxirgi pog'onadagi jamoa ham bir xil. Hech biri kuchli emas. “Zomin”ga qarshi uchrashuvga barcha futbolchilar 100 foiz tayyor. 


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика