Salah Misr terma jamoasiga chaqirilmadi
05 okt 2019 12:53
Yangiliklar


Salah Misr terma jamoasiga chaqirilmadi
Muhammad Salah terma jamoaning yaqin oradagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
Misr terma jamoasi 14 oktyabr kuni Botsvana bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
"Firavnlar" bosh murabbiyi El Badri futbolchi bilan uning sog'ligi borasida gaplashganidan so'ng unga dam berishga qaror qilgan.
"Liverpul" hujumchisi noyabrda terma jamoa ixtiyoriga borib qo'shilishi kutilmoqda.
Misr 2021 yil Kamerunda bo'ladigan Afrika Millatlar Kubogi saralashi doirasida Keniya va Komor orollariga qarshi ikkita rasmiy o'yinda ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar