Saka Ukrainaga qarshi o'yinda Angliyaga yordam bera olmaydi
03 iyu 2021 20:41
Yangiliklar
Saka Ukrainaga qarshi o'yinda Angliyaga yordam bera olmaydi
Uni "Manchester Yunayted" yangi azosi almashtirishi mumkin.
Angliya terma jamoasi qanot yarim himoyachisi Bukayo Saka Ukraina bilan o'yinda Angliya termasiga yordam bera olmaydi. 19 yoshli "Arsenal" futbolchisi mashg'ulotlar chog'ida jarohat oldi.
Alohida aytish lozim, Garet Sautgeyt ushbu musobaqada "Manchester Yunayted" yangi o'yinchisi Jeydon Sanchoga deyarli imkoniyat bermadi. SHuningdek, murabbiy Markus Reshford, Jek Grilish va Fil Fodenni maydonga tushirishni o'ylab ko'rishi mumkin.
Saka Evro-2020'da ikki o'yin o'tkazdi (CHexiya va Germaniyaga qarshi).
Eslatib o'tamiz, Ukraina – Angliya bellashuvi Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi va saytimiz orqali matnli translyaciya qilinadi.
Fikrlar