Saidusmonxon Jabborov: "FNQIZ keyingi mavsumda PRO-liga uchun kurashadi"
07 iyu 2019 22:28
Yangiliklar


Saidusmonxon Jabborov: "FNQIZ keyingi mavsumda PRO-liga uchun kurashadi"
Farg'ona viloyati birinchiligi 5-turidan o'rin olgan FNQIZ (Farg'ona shahri) - “Yozyovon-Lochinlari”(Yozyovon tumani) (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar sardori Saidusmonxon Jabborov saytimizga intervyu berdi.
Bugun kuchli raqibga qarshi o'ynadik. Astoydil harakat qilgan bo'lsak-da, mehmon jamoa vakillari tajriba evaziga bizni mag'lub etishdi.Jamoamiz yangi tashkil topgan, o'z ustimizda ishlaymiz va o'yinlar davomida kuchayib boramiz degan umiddaman.
Jamoamiz asosan Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi ishchi-xodimlaridan tashkil topgan. Hozir asosiy maqsadimiz futbolchilarimizni bir-birlarini to'laqonli tushunishlariga erishish va ahil jamoa shakllantirishdan iborat. Bu mavsumda oldimizga jamoani shakllantirish va Farg'ona viloyati birinchiligida yuqori o'rinlarni egallash vaziyaasi qo'yilgan, nasib bo'lsa kelasi mavsumda PRO-Liga yo'llanmasi uchun kurashamiz – deydi Saidusmonxon Jabborov.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
11:06
Sergey Lushan: "G'alaba qozonish uchun hech bo'lmaganda 50% imkoniyatdan foydalanishni bilish kerak" 9

Fikrlar