Saidkomil Akbarov: "Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinimizni kuchaytirishdi"
28 iyu 2019 21:55
Yangiliklar


Saidkomil Akbarov: "Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinimizni kuchaytirishdi"
A PRO-Liga 13-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Oqtepa" (2:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar yordamchi murabbiyi Saidkomil Akbarov saytimizga intervyu berdi.
Bugun qiyin uchrashuv o'tkazdik. "Istiqlol" kuchli jamoa, ular bejizga peshqadamlik qilayotgani yo'q. Raqibimizning kuchidan kelib chiqib, uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko'rgan edik.
CHempionatda yuzaga kelgan tanaffusda tashkil etgan yig'inimiz bizga foyda berdi deb ayta olaman. CHunki bugun zahiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilarimiz o'yinni kuchaytirishdi va shuning hisobiga g'alaba qozondik. "Istiqlol" jamoasiga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilayman - deydi Saidkomil Akbarov.
Bekzod Tolibov yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar