Sadio Mane vatandoshi haqida: “U juda ham tezkor, himoyachilarni aqldan ozdiradi”
24 avg 2019 09:14
Yangiliklar


Sadio Mane vatandoshi haqida: “U juda ham tezkor, himoyachilarni aqldan ozdiradi”
“Liverpul” hujumchisi Sadio Mane yaqinda “Uotford”ga o'tgan sengallik futbolchi Ismoil Sarr haqida fikr bildirdi.
“Men Sarrni allaqachon bu transfer bilan tabriklab bo'ldi. Uning uchun xursandman. U juda ham tezkor, himoyachilarni aqldan ozdiradi. APLda o'zini yaxshi ko'rsata oladi. Bu liga unga mos keladi. Biz “Uotford” bilan o'ynaganimizda men Endryu Robertsonga yordam beraman. Sarr — ajoyib driblingchi va sprinter”, — deydi Mane.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar