Sadio Mane vatandoshi haqida: “U juda ham tezkor, himoyachilarni aqldan ozdiradi”

24 avg 2019, 09:14
“Liverpul” hujumchisi Sadio Mane yaqinda “Uotford”ga o'tgan sengallik futbolchi Ismoil Sarr haqida fikr bildirdi.

“Men Sarrni allaqachon bu transfer bilan tabriklab bo'ldi. Uning uchun xursandman. U juda ham tezkor, himoyachilarni aqldan ozdiradi. APLda o'zini yaxshi ko'rsata oladi. Bu liga unga mos keladi. Biz “Uotford” bilan o'ynaganimizda men Endryu Robertsonga yordam beraman. Sarr - ajoyib driblingchi va sprinter”, - deydi Mane.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports