Sabaleta: "Manchester Siti" "Borussiya"ga yana bir nechta gol urishi mumkin edi"
15 sen 2016 13:15
Yangiliklar


Sabaleta: "Manchester Siti" "Borussiya"ga yana bir nechta gol urishi mumkin edi"
"Manchester Siti" himoyachisi Pablo Sabaleta Menxengladbaxning "Borussiya"siga qarshi CHempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvi (4:0) haqida fikr bildirdi.
"Jamoamiz yana bir nechta gol urishi mumkin edi. Biz sifatli o'yin namoyish etdik. "Siti" o'yinning boshidan oxirigacha ustunlik qildi. Turnirni g'alaba bilan boshlash qanchalik muhim ekanligini bilardik. Guruhimizda kuchli jamoalar yig'ilgan, shu sababli bu qimmatli natija. Endi "Seltik" mehmoni bo'lamiz. Bu jamoani guruhdagi eng kuchsizi deb atashmoqda, ammo ularga qo'shilmayman. "Keltlar" juda xavfli, ayniqsa o'z maydonida. Oson o'yin bo'lmaydi" - deydi Sabaleta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar