"Bavariya" va "Chelsi" "Atletiko" yarim himoyachisi uchun 70 mln evro to'lashga tayyor
17 fev 2025 12:15
Yangiliklar
"Bavariya" va "Chelsi" "Atletiko" yarim himoyachisi uchun 70 mln evro to'lashga tayyor
Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Pablo Barriosga Evropaning ikki top-klubi qiziqish bildirmoqda.
"Bild" jurnalistlarining yozishicha, Myunxenning "Bavariya" va Londonning "Chelsi" klublari 21 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Har ikki klub yarim himoyachi uchun 70 mln evro taklif qilishga tayyor. Barriosning shartnomasida u uchun 100 mln evro miqdoridagi tovon pulini to'lab, sotib olish mumkinligi haqida band bor.
Futbolchining "matraschilar" bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Yarim himoyachi joriy mavsum 24 o'yinda ishtirok etgan va 2 ta golli pas uzatgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar