So’nggi yangiliklar

18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  0 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  5 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  6 17:30"ФарДУ" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  12 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  2 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  8 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  3 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1

Saad Al Blushi: “Bor etiborimizni bugungi o'yinga qaratamiz” Yangiliklar

Saad Al Blushi: “Bor etiborimizni bugungi o'yinga qaratamiz”

Teglar :  QatarSaad Al Blushi
Bugun “D” guruhidan o'rin olagan Qatar hamda Avstraliya terma jamoalari 2 – tur uchrashuvini o'tkazadi. Biz Qatar terma jamoasi futzalchisi Saad Al Blushi bilan uchrashib undan o'yindan oldin intervyu oldik.

-  1 – turdagi Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'yin haqida qanday fikr bildirasiz?
-  Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'yinda yomon o'yin namoyish etmadik deb o'ylayman. Yaponiya juda yaxshi jamoa, biz ularga musonib ravishda qarshilik ko'rsatdik. Bitta xatoyimiz tufayli o'z darvozamidan gol o'tkazib yubordik.  Biz oldingi Osiyo chempioniga qarshi yomon o'yin namoyish etmadik deb o'ylayman.

-  Bugun Avstraliya terma jamoasiga qarshi o'ynaysizlar. Ushbu o'yin haqida qanday fikr bildirasiz?
-  Bugun Avstraliya terma jamoasiga qarshi 2 – turni o'tkazamiz. Biz ushbu o'yinga tayyormiz. Avstraliya termasiga qarshi o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatamiz. Agar bugun mag'lub bo'lsak musobaqani guruh bosqichidayoq yakunlaymiz. Malayziya terma jamoasiga qarshi o'yin biz uchun hech nimani xal qilmaydi. SHuning uchun iloji boricha bor etiborimizni bugungi bahsda g'alaba qozonishga qaratamiz.

-  O'zbekiston terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazgansizlar. Ushbu terma jamoa haqida qanday fikr bildirasiz?
-  O'zbekiston juda yaxshi terma jamoa. Ularga qarshi ikki bor o'rtoqlik o'yinida maydoga chiqganmiz. Afsuski ikkala o'yinda ham mag'lubiyat alamini totib ko'rganmiz. O'zbekiston juda kuchli terma jamoa. Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi g'alaba qozonishga haqli.

-  Yurtimiz sizga yoqdimi?
-  Men birinchi bor O'zbekistonga tashrif buyurishim. Bu erni odamlari juda ham oqko'ngil va mexmondo'st ekan. Biz uchun barcha sharoitlar qilib bergani uchun tashkilot raxbarlariga o'z minnatdorchiligimi bildiraman. Juda ham ajoyib mamlakat ekan. Barcha narsalar meni to'laqonli qanoatlantirdi.  


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика