So’nggi yangiliklar

10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  12 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  9 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  22 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1

Saad Al SHehri: "Bugungi uchrashuv natija tomonidan muhim ahamiyat kasb etmasligi bois boshqa futbolchilarga imkoniyat berdik" Yangiliklar

Saad Al SHehri: "Bugungi uchrashuv natija tomonidan muhim ahamiyat kasb etmasligi bois boshqa futbolchilarga imkoniyat berdik"

Bugundan etiboran poytaxtimizda 2022 yilgi U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichining "D" guruh uchrashuvlariga start berildi.

Ilk turdan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - O'zbekiston (2:2) uchrashuvidan so'ng saudiyaliklar bosh murabbiyi Saad Al SHehri fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


"Assalomu alaykum. Bugungi uchrashuv qiyin o'tishi kutilgandi. Kech kelganimiz ham tasir qildi. Natija qoniqarli. Asosiy maqsad keyingi ikkita uchrashuvda g'alaba qozonish. Birinchi uchrashuvni kuchli raqibga qarshi o'tkazganimiz ham foyda berdi. Navbatdagi bahslarda xushyorroq o'ynaymiz. 

- Tailanddagi Osiyo chempionati sizning murabbiylgigingizdagi terma jamoa bizning U-23 terma jamoamizga qarshi o'ynagan va g'alaba qozongan edi. Bugun ulardan bir necha yosh kichik bo'lgan terma jamoa bilan o'ynadingiz. Ular o'rtasidagi farqni ayta olasizmi? Qaysi biri kuchliroq?

- Albatta to'g'risini aytsam, bu - yangi avlod. O'zbekistonda hamisha kuchli yoshlar etishib chiqqan. Turli yosh toifalaridagi terma jamoalarga qarshi o'yin doim qiyin kechadi. 

- Saudiya Arabistoni yoshlari gol urganidan so'ng o'yinni pasaytirib yuborishi nima bilan bog'liq?

- Bugungi uchrashuv muhim, lekin natija tomondan ahamiyatli emasdi. Boisi bugungi ochko hisobga olinmaydi. SHu bois bugun ko'proq o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga imkoniyat berdik. Asosiy ijrochilarni navbatdagi bahsga olib qo'yganmiz".

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика