So’nggi yangiliklar

21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   1 20:24"Хайденхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  4 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  3 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  38 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  11 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  37

Saa MYUda Nistelroy Ronalduni qay tariqa yig'latganini aytib berdi Yangiliklar

Saa MYUda Nistelroy Ronalduni qay tariqa yig'latganini aytib berdi

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Luis Saa sobiq jamoadoshlari Ruud van Nistelroy hamda Krishtianu Ronaldu o'rtasida munozara bo'lib o'tgani haqida gapirdi.

"Ruud men bilan doim muloyim gaplashardi. Agarda asosiyda u tushmasa, etirozini murabbiyga bildirardi. Biroq tushgan o'yinlarida gol urishi bilan hurmatimni qozonardi.

Odamlar uning klubdan ketishiga meni sababchi deb o'ylashadi, ammo unday emas. O'sha paytda u ajoyib futbolchi edi va shu boisdan bosh murabbiy bilan ko'p tortishardi. Murabbiy esa meni Ruudning o'rnini bosa olishim mumkinligini aytardi. Ammo Ruud bilan bir jamoada uzoq vaqt o'ynashni istagandim.

Ruudning xarakteri shunday edi: barcha paslarni u qabul qilishi kerak edi. Lekin bu holat Krishtianu Ronaldu va Ueyn Runining o'sishi uchun to'sqinlik qilardi. SHu boisdan murabbiy ushbu qiyin holatdan chiqib ketishni istardi.

Ruud Ronalduni yig'latganmi? Ha. O'sha paytlarda Ronalduning otasi o'lgan va shu pallaga o'sha holat to'g'ri kelgandi. Mashg'ulotlarda Ruud Ronaldu bilan janjallashib, uni yig'latib yuborgandi. Mashg'ulotlar tugaganidan keyin esa Ruud o'sha paytda ishlatgan o'zining so'zlaridan jirkanayotganini aytgandi.

Ronaldu shunchalik mahluq kabi mashg'ulot qilardi. 18-19 yoshli yigitchaning qilayotgan ishi biz uchun og'irdek ko'rinardi. Uni odam deb hisoblamasdik!", - dedi Saa.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика