So’nggi yangiliklar

14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  0 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  0 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  6 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  3 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  5 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  4 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  5 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  16 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  20

"SA" xodimlari Muborakda! Yangiliklar

"SA" xodimlari Muborakda!

Avval xabar berganimizdek, bugun "Mashal" jamoasinining 30 yillik yubiley to'yi tantanali ravishda nishonlanadi.
SHu munosabat bilan klub rahbariyati OAVga katta etibor qaratgan holda, bir qator jurnalistlarni Muborak shahriga kelib-ketishlari uchun qulay sharoitlarni yaratib berdi.

Kecha kamina bilan birga "Futbol Ekspress" gazetasidan Firdavsxon va "Inter Futbol"dan Zafar Qosimov yo'lga chiqdik. Soat 18:00da Toshkentdan qo'zg'algan poezd kech soat 00:30da Qarshi shahriga etib keldi. Poezd vokzalida bizni "Mashal" klubi vakili O'tkir aka kutib oldi va aynan ular bilan birga Muborakka bordik.

Yo'lda kelish asnosida O'tkir aka bilan suhbatlashib, gurunglashib keldik. Anchagina xushchaqchaq inson ekan.
Soat 01:45da Muborak shahridagi "Prestij" mehmonxonasiga kelib joylashdik. Aytgancha "SA"ning motori bo'lgan Nodirxo'ja Yuldashev va ustozimiz Xayrulla Xoliqov ham shu erda. Ular bizdan bir kun oldin Muborakka kelishgan.

Bugungi kun rejasiga ko'ra, nonushtadan so'ng "Mashal" stadioni yaqinida joylashgan suniy maydonda jurnalistlar va akademiya murabbiylari o'rtasida futbol uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bu haqda va umuman safarimiz xususida imkon qadar kun mobaynida sizlarga etkazib berib turishga harakat qilamiz.   

Muborak shahridan
Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика