So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  0 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

"SA" triosi Gvardiola ishtirokidagi matbuot anjumanida, finalda Xoland va De Bryuyne o'ynamaydi! Yangiliklar

"SA" triosi Gvardiola ishtirokidagi matbuot anjumanida, finalda Xoland va De Bryuyne o'ynamaydi!

Pep Gvardiola ishtirokidagi matbuot anjumani biroz cho'zildi, "Fluminense" murabbiyidan farqli, tabiiyki unga bo'lgan savollar ko'p bo'ldi.

- Tarkibda yo'qotishlar bor. Final o'yinidan so'ng "Everton"ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. SHu haqida gapirsangiz?

- "Everton"ga qarshi o'yin haqida umuman o'ylamayapman. Faqat finalga etibor qaratganmiz. Bunday musobaqa hayotimizda bir marta bo'lishi mumkin. Keyingi o'yinlarga finaldan so'ng etibor beramiz. 





- Erling Xoland va Kevin de Bryuyne o'ynashmaydi. Bu jamoaga qanchali tasir o'tkazadi?

- Bu ikki futbolchi ham jamoamiz uchun juda muhim, ammo bizda ularning o'rnini bildirmaydigan futbolchilar etarli. 


- Norvegiyalikni Ronaldu va Messi bilan taqqoslay olasizmi?

- Bu uch o'yinchi ham fantastik futbolchilar. Erling ajoyib futbolchi, uning kelajagi porloq. U "Siti" bilan hamma narsani yutdi, Messi esa jahon chempioni bo'ldi. 


- O'tgan matbuot anjumanida Riyad Mahrez bilan uchrashish haqida gapirgandingiz...

- Ha, Mahrez jamoa bilan uchrashdi. U bilan ajoyib suhbat qildik. Jamoasi bilan o'yini borligi sabab, u final o'yiniga kela olmaydi. Unga eng yaxshisini tilayman. 





- "Fluminense" jamoasi haqida nima deya olasiz? Ularning o'yinini tahlil qilishga ulgurdingizmi?

- Albatta, biz ularning yarim final o'yinlarini tomosha qildik. Jamoa juda ajoyib futbol o'ynaydi. Tarkibda 5-6 nafar yoshi katta o'yinchilar bor. Ular o'yin ritmini boshqarishadi. Umuman, jamoa brazilcha futbol o'ynaydi. Jamoani 90-yillardagi Braziliya termasiga o'xshatdim. Kombinaciyalar alo darajada. Hushyor bo'lishimiz kerak. Pozicion o'yinimizni davom ettirishimiz lozim. 


- Yangi Evropa Superkubogi musobaqasi haqida yozishmoqda. Ushbu turnirga fikringiz qanday?

- Bu savolga javob bera olmayman. Klub hamda huquqshunoslar bilan ushbu masalani muhokama qilishimiz kerak. 





- "Fluminense" klubi o'yinini Braziliya terma jamoasiga o'xshatdingizmi?

Ha, yoshligimda otam meni Braziliya termasi o'yinlariga olib tushardi. U paytlar bu mamlakatning go'zal futboliga muxlis bo'lganman. Ertangi raqibning o'yin uslubi ham o'sha paytdagi afsonalarni eslatdi. Qisqasi, menga "Fluminense"ning o'yini juda yoqdi.


- Finalda emociyalarga berilmaslik uchun nima qilish kerak?

- Qanday qilib finalda emociyalarga berilmaslik mumkin? Bu musobaqani ko'pchilik oson deb o'ylaydi, ammo bunday emas. Ilk marotaba "Barselona" bilan ushbu turnirda qatnashganimda juda qiyin bo'lgandi. O'shanda hech kim "La Plata"ni jiddiy baholamagan, "Barsa" osonlik bilan g'alaba qozonadi deyishgandi. Amalda esa o'yin 120 daqiqa davom etgan. Mashaqqat bilan kubokni qo'lga kiritganmiz, ertaga ham engil bo'lmaydi.


Jalolxon Inog'omxo'jaev yozib oldi, Zoir Tursunboev surati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика