So’nggi yangiliklar

11:37"Реал" 39 ёшли Модрич билан шартномани 2026 йилга қадар узайтиришга тайёр  0 11:10"Челси"нинг янги мақсади маълум  3 10:00GiveMeSport нашри барча даврларнинг энг яхши дриблинг соҳибини аниқлади  13 09:16«Сурхон» тожикистонлик футболчи билан шартнома имзолади  0 08:48МЛС. Мессининг иккита ассисти жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  17 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:51Осиё кубоги U-20. Бугун ёшларимиз Жаҳон чемпионатига йўлланмани қўлга киритиши мумкин   17 07:25Саудия Про лигаси. «Ал Иттиҳод» «Ал Ҳилол» ўртасидаги баҳсда йирик ҳисоб қайд этилди  11 03:00Ла Лига. "Барселона" меҳмонда ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, каталонияликлар биринчи ўринга қайтишди  38 02:47А Серия. Лаутаронинг голи "Интер"га "Женоа" устидан ғалабани тақдим этди, миланликлар вақтинча биринчи ўринга кўтарилишди  0 00:53"Ювентус" АПЛдан италиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши деярли аниқ, аммо...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Унион"га жавобсиз 6та гол урди, "Байер"дан меҳмондаги ишончли ғалаба  4 00:34АПЛ. Рэшфорддан 2та ассист, Асенсиодан 2та гол — "Астон Вилла" ўз уйида "Челси"га қарши камбэк эвазига ғалабага эришди  14 00:28Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Валенсия"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, вақтинчалик биринчи ўринга чиқиб олди  9 00:01А Серия. "Торино" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  9

EL. de Xea uchun og'ir tun: "Sevilya" o'z uyida "Manchester Yunayted"ning xatolaridan foydalanib g'alabaga erishdi va yarim finalga yo'l oldi Yangiliklar

EL. de Xea uchun og'ir tun: "Sevilya" o'z uyida "Manchester Yunayted"ning xatolaridan foydalanib g'alabaga erishdi va yarim finalga yo'l oldi

Evropa Ligasining chorak finalidan o'rin olgan "Sevilya" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi yakunlandi.

"Sevilya" - "Manchester Yunayted" 3:0 (birinchi o'yin - 2:2)

Gollar: Yussef En-Nesiri (Erik Lamela) 8', Loik Bade (Ivan Rakitich) 47', Yussef En-Nesiri 81'

"Sevilya": 13. Yassin Bunu, 16. Xesus Navas, 44. Loik Bade, 23. Markao (7. Suso 39'), 19. Markos Akunya (3. Aleks Telles 85'), 6. Nemanya Gudel, 20. Fernando, 55. Lukas Okampos, 10. Ivan Rakitich, 17. Erik Lamela (25. Brian Xil 80'), 15. Yussef En-Nesiri.

Zaxira: 1. Marko Dmitrovich, 31. Alberto Flores, 4. Karim Rekik, 12. Rafa Mir, 14. Nianzu Kuassi, 21. Oliver Torres, 24. Alexandro Gomes.

"Manchester Yunayted": 1. David de Xea, 29. Aaron Uan-Bissaka (23. Lyuk SHou 46'), 5. Xarri Maguayr, 2. Viktor Lindelef, 20. Diogu Dalot, 14. Kristian Eriksen (36. Entoni Elanga 86'), 18. Kazemiro, 15. Marsel Zabitcer (17. Fred 68'), 21. Antoni, 9. Antoni Marsyal (27. Vaut Vegorst 54'), 25. Jeydon Sancho (10. Markus Reshford 46').

Zaxira: 31. Jek Batlend, 12. Tayrell Malasia, 28. Fakundo Pelistri, 50. Radek Vitek, 55. Zidan Iqbal.

Ogohlantirishlar: Kazemiro 56', Antoni 59', Yassin Bunu 73', Lyuk SHou 90+3'

Sevilla

Youssef En-Nesyri - 8', Loic Bade - 47', Youssef En-Nesyri - 81'

Europa League Final Stage . Quarter Finals-tur

21/04/2023, 01:00

0
:
3
Tugadi

Manchester United

Stadion: Estadio R. Sanchez Pizjuan, 41974 tomoshabin

Bosh hakam: Artur Dias

45'
90'
8'  Youssef En-Nesyri
29'  Marcao (Suso)
40'  Lucas Ocampos
47'  Loic Bade
47'  Ivan Rakitic
73'  Yassine Bounou
80'  Erik Lamela (Bryan Gil)
81'  Youssef En-Nesyri
85'  Marcos Acuna (Alex Telles)
46'  Jadon Sancho (Marcus Rashford)
46'  Aaron Wan-Bissaka (Luke Shaw)
54'  Anthony Martial (Wout Weghorst)
56'  Casemiro
59'  Antony
68'  Marcel Sabitzer (Fred)
86'  Christian Eriksen (Anthony Elanga)
90'  Luke Shaw


90+4. O'yin yakunlandi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

84. MYU muxlislarining ham, futbolchilarining ham hafsalasi pir bo'ldi. Yana taxminan 10 daqiqacha shunchaki "Sevilya"ning chiroyli futboli guvohi bo'lamiz.

de Xea o'ziga uzatilgan to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'yib, uzoqlashtirib yubordi, Yussef En-Nesiri esa to'pni olib qo'yib, darvozaga zarba berdi va gol urdi!

81. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Sevilya" yarim finalda!

75. Rakitichning zarbasi noaniq bo'ldi.

72. Eriksonning jarima zarbasidan yo'llagan to'pi noaniq bo'ldi.

70. MYU qator hujumlar uyushtirishga intilmoqda, biroq hozircha ulardan naf chiqmayapti.

62. Kazemironing darvoza tomon yo'llagan zarbasini Bunu qaytardi! 

52. "Sevilya"dan yana bir xavfli hujum! Ikkinchi qavatda ustunlik boy berilgandan so'ng darvoza oldida palapartishlik yuzaga keldi, oxiri MYU himoyachilari to'pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi.

49. MYUning missiyasi yanada qiyinlashdi. O'tgan uchrashuvda manchesterliklar hisobda ikkita gol farqi bilan oldinga chiqib olgandi, bugun bu holat ispan jamoasida.

Rakitichning jarima zarbasidan uzatgan to'pini Bade bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi!

47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Bade hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi!

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+4. Rakitichning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasini Kazemiro elkasi bilan qaytardi!

45+3. "Sevilya" katta tezlikda qarshi hujumga o'tdi, biroq vaziyatni yakunlaydigan futbolchi topilmadi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

43. Susoda qulay vaziyat yuzaga keldi, biroq vaziyat yakunlanmay qoldi.

40. Okampos gol urdi, unga Akunya to'pni uzatgan edi. Markos esa o'ziga to'p uzatilayotgan vaziyatda esa o'yindan tashqari holatda qolgani malum bo'ldi.

40. Susoning qulay nuqtadan bergan zarbasi MYU futbolchisiga tegib yo'nalishini o'zgartirdi.

35. Kazemironing bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

26. Okampos o'ziga uzatilgan to'pga ega chiqolmadi, agar to'p unga kelib tushganida hisob o'zgarish ehtimoli bor edi, MYU himoyachilari faol.

23. Uan-Bissaka darvoza tomon yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi.

15. Rakitichning jarima zarbasidan tepgan to'pi "jonli devor"ga tegib qaytdi.

12. Buyog'iga MYU nima qila oladi, ko'ramiz, kuzatamiz.

10. Ha o'rtoqlar, ingliz sharhlovchilari hozir Maguayrni qay tarzda eslashgani aniq - "Hari Maguae" shaklida :) 

de Xea to'pni Maguayrga uzatdi, angliyalik futbolchi uch nafar "Sevilya" futbolchisi atrofida qolib ketdi va to'pni oldirib qo'ydi, En-Nesiri esa darvozaga zarba berib, gol urdi!

8. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Maguayrning yana bir qo'pol xatosi natijasida "Sevilya" uchrashuvda hisobni ochdi!

5. Bahsning dastlabki daqiqalari hujumlar bilan boshlanmadi. 

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика