Rustamjonov va Sodiqov "Andijon"ning Turkiyadagi yig'iniga qo'shildi
15 jan 17:41
Yangiliklar
Rustamjonov va Sodiqov "Andijon"ning Turkiyadagi yig'iniga qo'shildi
"Bugun kunning dastlabki qismidagi mashg'ulotlarimiz bo'lib o'tdi.
Shuni aytish lozimki, safimizga yana ayrim iqtidorli yoshlar qo'shilishdi. Jumladan, yaqinda "Andijon" bilan shartnoma imzolagan umidli darvozabon Nematulloh Rustamjonov yoshlar terma jamoasidagi yig'indan so'ng klub ixtiyoriga etib keldi va mashg'ulotlarga kirishdi.
Shuningdek, yana bir U-17 Osiyo chempioni, istedodli yarim himoyachi Sayfiddin Sodiqov ham bugundan mashg'ulotlarda qatnashmoqda.
Bulardan tashqari, o'rinbosarlar safimizda to'p tepgan yarim himoyachi Fazliddinxo'ja Ubaydullaev, "Andijon" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi, himoyachi Ozod Sobirov ham endilikda "Andijon"ning Antaliyadagi yig'iniga qo'shildilar.
Qolaversa, murabbiylar shtabiga andijonlik iqtidorli mutaxassis Islom Ahmedov ham jalb etildi. Bungacha "Andijon" futbol akademiyasi qoshida tashkil etilgan birinchi liga jamoasida bosh murabbiylik qilgan.
Bugungi mashg'ulotimiz ham tabiiyki, ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi. Mashg'ulot avvalida tug'ilgan kunini nishonlayotgan Humoyunmirzo Iminovni bosh murabbiy Samvel Babayan butun jamoa nomidan muborakbod etdi. Jonli koridor tashkil qilindi va undan Iminov bilan bir qatorda yangi murabbiy va jalb qilingan iqtidorli yoshlar ham o'tdilar", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar